Jahon banki “Jahon iqtisodiyotining rivojlaniş istiqbollari” hisobotining navbatdagi sonini e’lon qildi.
Hisobotda qayd etilişiça, Yevropa va Markaziy Osiyoda iqtisodiy ösiş 2022 yildagi 1,2 foizdan 2023 yilda 2,7 foizgaça oşgan. Ösişning tezlaşişiga içki talabning kengayişi, mehnat bozoridagi barqaror vaziyat hamda Rossiya va Ukrainadagi yangilangan ösiş sabab sifatida keltirilgan.
Biroq Rossiya, Ukraina va Turkiyani hisobga olmaganda, ötgan yilda YeMO mintaqasida iqtisodiy ösiş 1,8 foiz darajasida sezilarli sekinlaşgan. Xususan, sekinlaşuv mintaqa iqtisodiyotlarining 78 foiziga ta’sir körsatgan.
Yevrohududdagi zaif taşqi talabning ta’siri sababli pasayiş Markaziy Yevropa (ösiş — 0,7 foiz) va Ğarbiy Bolqonda sezilarli darajada bölgan. Şuningdek, iqtisodiy ösiş Janubiy Kavkazda ham sekinlaşgan, lekin Markaziy Osiyoda tezlaşgan. Armaniston, Qirğiziston va Tojikistonda talabni qöllab-quvvatlaşda pul ötkazmalari oqimi muhim rol öynagan.
Şarqiy Yevropada ham iqtisodiy ösiş körsatkiçlari ijobiy dinamikaga qaytgan. Ukrainada ösiş sur’ati 4,8 foizni taşkil etgan. Ammo mamlakatning 2023 yildagi işlab çiqariş hajmi uruşdan oldingi darajadan 30 foiz pastroq körsatkiçda qolgan.
Mintaqada energiya va oziq-ovqat narxlari bosimining pasayişi ortidan inflatsiya sekinlaşgan, ammo raqamlar aksariyat mamlakatlarda maqsadli körsatkiçlardan yuqori bölib qolmoqda.
Prognozlar
YeMO mintaqasida iqtisodiy ösiş 2024 yilda 2,4 foizgaça pasayişi, 2025 yilda esa 2,7 foizgaça ösişi prognoz qilinmoqda. Bunda xususiy iste’molning oşişi va yevrohudud iqtisodiyotining bosqiçma-bosqiç tiklanişi asosiy omil ölaroq keltirilgan.
Biroq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi tufayli yuzaga kelgan noaniqlik mintaqa istiqbollarini belgilaşda muhim rol öynaydi. Bu ikki davlatni hisobga olmaganda, mintaqadagi ösiş sur’ati joriy yilda 3,1 foizga, 2025 yilda esa 3,7 foizga tezlaşişi mumkin.
Aksariyat YeMO mamlakatlari inflatsiyaning pasayişi şaroitida pul-kredit siyosatini yumşatişda davom etişi mumkin. Biroq bank tahlilçilarining ta’kidlaşiça, kutilayotgan budjet konsolidatsiyasi bu istiqbollarni yopib ketadi.
Pandemiyaning davom etayotgan oqibatlari va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi tufayli mintaqadagi ösiş pandemiyadan oldingi tendensiyalardan past bölişi kutilmoqda. YeMO mintaqasida aholi jon boşiga daromad darajasining yaqinlaşuv sur’ati sekin darajada prognoz qilinmoqda, şu jihatdan aholi jon boşiga örtaça daromad 2025 yilda Yevropa Ittifoqi körsatkiçining atigi 24 foizini taşkil etadi.


















