BMT: 2024 yil rekord harorat kuzatilgan 2023 yildan ham issiqroq bo‘lishi mumkin
O‘tgan yili iyundan dekabrgacha har oy yangi harorat rekordlari o‘rnatildi. El-Nino iqlim fenomeni fonida bu tendensiya 2024 yilda ham davom etadi, deydi ekspertlar.

Foto: ZDF
2023 yil tarixdagi eng issiq yil bo‘ldi – o‘tgan yili iyundan dekabrgacha har oyda yangi harorat rekordlari o‘rnatildi, biroq 2024 yil yanada issiq bo‘lishi mumkin. Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) 12 yanvar, juma kuni e’lon qilingan 2023 yil yakunlari bo‘yicha hisobotida xabar berishicha, El-Nino iqlim hodisasi tufayli bu tendensiya 2024 yilda ham davom etishi mumkin.
Shu tariqa, JMT Yevropaning Copernicus meteoxizmati ma’lumotlarini tasdiqladi, unga ko‘ra 2023 yil kuzatuvlar olib borilayotgan 1850 yildan beri rekord darajadagi eng issiq yil bo‘ldi. JMT rahbari Seleste Saulo El-Nino tufayli 2024 yilda yangi harorat rekordlari kutilayotgani haqida ogohlantirdi. «El-Nino odatda global haroratga eng katta ta’sir ko‘rsatishi va 2023 yilda eng yuqori cho‘qqiga chiqqani uchun 2024 yil yanada issiqroq bo‘lishi mumkin», deb tushuntirdi u.
Bir qator tan olingan institutlar tomonidan olingan ma’lumotlarga asoslangan JMT hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili o‘rtacha global harorat sanoatdan oldingi davrga (1850 yildan 1900 yilgacha) nisbatan 1,45 darajaga yuqori edi. Ayni paytda, 9 yanvar kuni e’lon qilingan Copernicus ma’lumotlariga qaraganda, o‘rtacha global harorat 1,48 darajaga yuqori bo‘lgan.
Parij iqlim kelishuvi
Iqlim o‘zgarishining falokatli oqibatlari oldini olish uchun jahon hamjamiyati 2015 yilda Parij kelishuvini tuzdi, unga ko‘ra global isish ikki darajadan, eng yaxshi holatda - sanoatdan oldingi davrga nisbatan 1,5 darajadan oshmasligi kerak.
Amerikaning okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda Yer yuzasidagi o‘rtacha global harorat butun yigirmanchi asrdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 1,18 darajaga yuqori bo‘lgan. JMT rahbari Saulo iqlim o‘zgarishini insoniyat uchun eng katta muammo deb atadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

11:17 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi

12:01 / 24.03.2025
Haroratning keskin o‘zgarishi bo‘g‘imlarga qanday ta’sir qilishi aytildi

11:32 / 18.03.2025
Markazlashgan issiqlik ta’minoti qamrovi 50 foizdan oshiriladi

12:25 / 29.01.2025