Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyloqda YTH oqibatida IIBning ikki xodimi va bir fuqaro halok bo‘ldi
Samarqand viloyati Toyloq tumani markazida sodir bo‘lgan avtohalokatda ikki nafar IIB xodimi halok bo‘lgan. Bu ma’lumotni Kun.uz'ning bir nechta manbasi tasdiqladi.
Foto: KUN.UZ
Avtohalokat 2022 yil 23 iyun tungi soat 01:00 larda A-377 Samarqand – Ayniy xalqaro avtomobil yo‘lining Toyloq tumani markazidan o‘tuvchi qismida sodir bo‘lgan. Toyloq tuman IIB xodimi boshqaruvida bo‘lgan «Matiz» mashinasi tuman markazidagi yo‘ldan qayrilib olayotganda Samarqand – Toyloq yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan qora rangli «Malibu» uni urib yuborgan. Oqibatda «Matiz» haydovchisi va mashinadagi ikki yo‘lovchi halok bo‘lgan. Yo‘lovchilardan biri ham IIB xodimi bo‘lgan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, halok bo‘lgan IIB xodimlari Toyloq tumanidagi ikkita mahallada profilaktika inspektori bo‘lib ishlagan. Halok bo‘lgan fuqaro esa 1960 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Tepaqishloq mahallasida yashagan. 23 iyun kuni marhumlarning janoza marosimi o‘tkazilgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 08.02.2026
Nyu Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
16:19 / 07.02.2026
Zarqaynar ko‘chasida YTH: ikki avtomashina to‘qnashuvi qayd etildi
08:53 / 04.02.2026
Sankt-Peterburgdagi bayramga iqtidorli o‘quvchilar qolib, amaldorlarning farzandlari bordi
13:33 / 03.02.2026