Prezident Şavkat Mirziyoyev yerlarni auksion orqali sotişni soddalaştirişga oid takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Özbekistondagi özgarişlar natijasida yer bozor aktiviga aylanmoqda. Bir yil oldin “Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida” qonun qabul qilingan edi. Bu qonun talablari Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14 fevraldagi qarori bilan amaliyotga tatbiq etildi.

Ma’lum qilinişiça, şundan buyon ötgan vaqtda, ya’ni 2022 yil fevral-oktabr oylarida tadbirkorlik va şaharsozlik faoliyati uçun “Yerelektron” axborot tizimi orqali 48 mingta yer uçastkasi auksion savdolariga çiqarilgan. Yuridik va jismoniy şaxslar foydalanib kelayotgan 5 mingga yaqin yer uçastkasini xususiylaştiriş böyiça ijobiy xulosa berilgan.

“Şu bilan birga, amaldagi işlar tahlili bu tizimda ayrim kamçiliklar borligini körsatdi. Masalan, auksionga çiqariş taklif etilgan 12 mingtadan ziyod uçastka qişloq xöjaligi yerlarida yoki muhofaza hududda joylaşgani aniqlangan. Böş yer uçastkalari “Yerelektron” axborot tizimiga faqat quriliş bölimlari tomonidan kiritilayotgani sababli, hamma böş yerlarni topiş jarayoni töliq qamrab olinmayapti. Şu bois bu işlarni hududiy quriliş bölimlari va kadastr organlari birgalikda amalga oşirişi taklif etilmoqda.

Amaliyotda qiyinçilik tuğdirayotgan yana bir muammo yerlarni auksionga çiqariş bosqiçlari köpligi. Hozirgi kunda bu 13 ta bosqiçdan iborat bölib, ijara huquqi bilan yer olişda 48 iş kuni, mulk huquqida 74 iş kunigaça vaqt ketmoqda. Şu bois yerni auksionga çiqariş bosqiçlarini 8 taga tuşirib, muddatlarini tegişliça 16 va 22 iş kunigaça qisqartiriş mumkinligi aytildi.

Ayrim şaharçalarning boş rejasi yöqligi ham jarayonni sekinlaştirmoqda. Şuning uçun bunday joylarda yerlarni hududiy arxitektura va şaharsozlik kengaşi bilan kelişgan holda, master-reja asosida auksionga çiqariş taklifi bildirildi.

Kiçik sanoat zonalarining hududi esa aniq. Şu bois ulardagi yerlarni boş rejada nazarda tutilgan lotlarga muvofiq, sodda tartibda tadbirkorlarga beriş zarurligi ta’kidlandi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Qayd etilişiça, hozirda aholi özi foydalanib kelayotgan yerlarni yillik yer soliğining 20 baravari miqdorida tölov qilib, xususiylaştirişi mumkin. Bu qiymat Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida yer soliğining 10 baravari, boşqa hududlarda 5 baravari miqdorida belgilanmoqda.