Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda qurilish obektlari qanday shartlar asosida faoliyatini davom ettirishi mumkinligi ma'lum qilindi
10 iyuldan 1 avgustga qadar O‘zbekistonda karatin cheklovlari kuchaytiriladi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustga qadar parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar, buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar, sport zallari, fitnes klub, trenajyer va basseynlar, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat'i nazar maktabgacha ta'lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar, umumiy ovqatlanish obektlari, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari faoliyati to‘xtatildi.
Shu bilan birgalikda, sanoat va yirik qurilish obektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berilmoqda:
- tegishli obektlar hududi to‘liq karantinga olinadi;
- obektlar hududida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta'minlanadi;
- sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli obektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirib boriladi;
- obektlarga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash;
- xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini ta'minlash.
Mavzuga oid
12:32 / 02.10.2025
Ayrim chegara punktlari karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladi
21:18 / 20.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishining borishi bilan tanishdi
10:09 / 09.08.2025
Obektlarni Fast-track usulida qurishga ruxsat berish amaliyoti bekor qilinadi
23:49 / 04.08.2025