“Çegara bilmas muxbirlar” xalqaro nodavlat taşkiloti 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni arafasida har yillik an’anaviy matbuot erkinligi indeksini e’lon qildi. 2022 yil yakunlari böyiça tuzilgan reytingda Özbekiston 4 poğonaga pasayib, 180 davlat orasida 137-örinni egallagan.

Xalqaro kuzatuvçilar 2022 yil böyiça Özbekistondagi OAV erkinligi holatini 100 balldan 45,73 ballga baholagan.

Indeksda Özbekistonning örni siyosiy indikator böyiça 3 poğonaga, iqtisodiy va ijtimoiy indikatorlar böyiça esa 9 poğonaga yomonlaşgan. Mamlakatning umumiy reytingdagi örni 4 poğonadan ham köproqqa pasayib ketmasligini huquqiy indikatordagi 16 poğonaga ösiş ta’minlagan.

“2016 yilda prezident Islom Karimovning ölimidan keyin ommaviy axborot vositalari uçun vaziyat birozgina yaxşilangan, davlat hokimiyatini tanqid qiliş qiyinligiça qolmoqda”, – deyiladi hisobotda.

“Çegara bilmas muxbirlar” Özbekistondagi vaziyatni tasvirlar ekan, davlat OAV va hukumat bilan aloqalarga ega bir neça blogerlarni “sezilarli darajada nazorat qilişi”, muxolifat esa taqiqda ekanini qayd etgan.

“Rasmiylar OAVga oid repressiv qonunlarga barham beruvçi islohotlarni hali amalga oşirmadi. Nazorat, senzura va öz-özini senzura qiliş keng tarqalgan”, – deya ta’kidlaydi kuzatuvçilar.

Ularga köra, rasmiy şaxslar jurnalistlarga iqtisodiy bosim ötkazişga yoki ularni sotib olişga harakat qiladi. Aholining 60 foizini 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etuvçi mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar rasmiy OAVda kam yoritiladigan korrupsiya muammosi haqida axborot almaşiladigan maydonga aylangan, deya bayon qilgan “Çegara bilmas muxbirlar”.

Hisobotda bloger Otabek Sattoriy qamoqda qolayotganiga ham e’tibor qaratilgan. U 2021 yil may oyida tuhmat va tovlamaçilikda ayblanib, 6,5 yilga hukm qilingan edi. Keyinroq apellyatsiya sudining qarori bilan bloger tovlamaçilik orqali qölga kiritganlikda ayblangan ikkita kvartira unga qaytarib berildi, lekin jazo özgarişsiz