Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Professional futbol tashkilotlari soliqlardan ozod etildi
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishga binoan, futbol klublari, O‘FA va PFL ijtimoiy soliqdan boshqa barcha soliqlardan 2026 yilgacha ozod qilindi. Chet eldan jalb etilgan futbolchilar va mutaxassislar ham daromad solig‘ini to‘lamaydigan bo‘ldi.
Foto: Tribuna.uz
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritildi.
2026 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:
- barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);
- o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini;
- O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
07:20 / 06.05.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshladi
10:21 / 30.04.2026
Bedarak ketgan futbol jamoasi – g‘orda qamalib qolgan bolalar qanday qutqarilgandi?
22:37 / 22.04.2026
27 million mashmashasi: o‘zbek klublari budjetdan pul ola boshladi
22:08 / 17.04.2026