Yangiyer şahar hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, vaqtinçalik evakuatsiya qilingan mirzaobodliklar Yangiyer pedagogika hamda tibbiyot kollejlari, GulDUning Yangiyer şahridagi pedagogika fakulteti va Yangiyer Futbol akademiyasi binosiga joylaştirilgan.
«Qayd etiş joizki, mana şunday şaroitida bir qança tadbirkorlar, saxovatpeşa insonlar va homiylar tomonidan evakuatsiya qilingan fuqarolarga zaruriy oziq-ovqatlar, içimlik suvi, niqob, antiseptik vosita, bir martalik qölqoplar va boşqa tibbiyot vositalari yetkazib berilmoqda.
Şuningdek, Guliston tuman hokimligi tomonidan ham oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat homiylik yordami keltirildi», deyiladi xabarda.






Eslatib ötamiz, 1 may kuni soat 05:55da Sardoba suv ombori dambasi devorida suv çiqişi yuzaga kelib, tumandagi Qörğontepa aholi yaşaş punkti suv ostida qoldi.
Şundan söng suv ombori atrofidagi xavf hududidan 11,5 mingdan ziyod aholi köçirilgan, yana törtta mahallani köçiriş rejalaştirilgandi.
Bundan avvalroq Mirzaobod tumanidagi «Beruniy», «Paxtaobod», «Baliqçi», «Haqiqat», «Bahoriston», «Yangiovul» va «Döngariq» MFYlari aholisi suv toşiş xavfi bölgani uçun Yangiyer şahriga evakuatsiya qilinayotgani xabar qilingandi. Tuman aholisining yana bir qismi Jizzax viloyati hududidagi maktab, kollej, xususiy korxonalar va aholi xonadonlariga köçirilişi boşlangandi.


















