Tahlilçilar 2022 yil yakunlari böyiça Özbekistondagi korrupsiyaga qarşi kuraşiş darajasini 100 baldan 31 balga baholagan. Bu – bir yil oldingiga qaraganda 3 balga yuqoriroq.
Özbekiston bu indeksning 2016 yilgi hisobotida 21 ball bilan 156-örinda edi.
Korrupsiyani qabul qiliş indeksi 1995 yildan buyon e’lon qilib kelinadi. Bu – davlat tizimida korrupsiyaning qabul qiliniş darajasini aks etuvçi hamda ekspertlar va işbilarmonlar sörovi asosida şakllanuvçi 13 ta manbadan taşkil topgan har yillik indeks hisoblanadi.
Özbekiston mazkur manbalarning 7 tasi böyiça baholanadi. Bunda 0 ball – korrupsiyani qabul qilişda eng yuqori körsatkiç, 100 ball – eng past şkala hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining e’tibor qaratişiça, Özbekiston mazkur indeksda sönggi 6 yil davomida ösiş sur’atlarini qayd etayotgan (2017 yilda 22 balldan 2022 yilda 31 ballgaça) davlat sifatida Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi aksilkorrupsiya islohotlarini tizimli ravişda amalga oşirayotgan davlatlar qatorida qayd etilgan.
2022 yil yakunlari böyiça reytingda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar sifatida quyidagilar körsatilgan:
1. Daniya – 90 ball
2. Finlandiya – 87
2. Yangi Zelandiya – 87
4. Norvegiya – 84
5. Singapur – 83
5. Şvetsiya – 83
7. Şveytsariya – 82
8. Niderlandiya – 80
9. Germaniya – 79
10. Irlandiya – 77
10. Lyuksemburg – 77



















