Oxirgi bir neça kunda Özbekistonda havo harorati pasayib, sovuq tuşdi. Şunga qaramay, Şahrisabz şahar hokimligi tomonidan keçqurun ötkazilgan tadbirga yupun kiyingan öquvçi qizlar jalb qilingan. Holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgaç, xalq ta’limi vazirining matbuot kotibi Laylo Rustamova munosabat bildirdi.
Ma’lum bölişiça, Yoşlar işlari agentligining Şahrisabz şahar bölimi va sektor rahbarlari “Yoşlar daftar”ida turganlarga navbatdagi subsidiya asosida mehnat qurollarini va tölovlar uçun sertifikatlar topşiriş uçun 1-maktab hovlisida tadbir taşkil etişgan.

Garçi tadbir maktabga va ta’limga aloqasi bölmasa ham unga yupun kiyingan yoş öquvçi qizlar jalb qilingan. Tadbirdan söng bu haqda şahar hokimligi axborot xizmati özining Telegram-kanaliga post qöygan.
Postga ilova qilingan fotosuratlarda şahar hokimi Akrom Sulaymonov boşçiligidagi mutasaddilar tunda özlari issiq kiyim kiyib olgan holda, ularning oldida turgan kamida 6 nafar qiz yupun kiyingani aks etgan. Hozirda suratlar kanaldan öçirib taşlangan.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati öz munosabatida hokimlar, sektor rahbarlari, huquq-tartibot organlari mas’ullariga turli tadbirlarni taşkil etayotganda maktab öquvçi va öqituvçilarini jalb qilmaslik böyiça doimiy ogohlantiriş berib kelinayotganini ta’kidlab buni yana bir bor eslatgan.
“Afsuski, şunga qaramay uşbu suratdagi kabi ayançli holatlar yuzaga kelmoqda. Bolalarning maktabdan taşqari vaqtlarda tadbirga jalb etilişi va eng açinarlisi, sovuq ob-havo şaroitiga qaramay ularning yupun kiyimlarda ekanligi uşbu hududdagi har bir mutasaddining aybi, deb hisoblaymiz”, deyiladi munosabatda.
XTV matbuot kotibi joylardagi XTBlar va maktab rahbarlarini Şahrisabzdagi holatdan tegişli xulosalar çiqargan holda, bunday harakatlarga yöl qöymasliklari yuzasidan ogohlantirgan.
Şahrisabzda bölgan holat birinçisi emas. Özbekistonning turli hududlarida sovuq havoda maktab öquvçilari bölgan yoş qizlarni ta’limga va maktabga aloqasi bölmagan turli tadbirlarga jalb qiliş tez-tez sodir böladi.

















