Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi 15 sentabrdan haftasiga 2 marta Toshkent–Jidda reyslarini yo‘lga qo‘yadi
Saudiya Arabistoniga vizasiz kirishi mumkinlar ro‘yxatiga O‘zbekiston fuqarolari ham tez orada qo‘shilishiga umid qilamiz, dedi podshohlikning Toshkentdagi elchisi Yusuf al-Utaybiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, 15 sentabrdan boshlab FlyNas kompaniyasi haftasiga ikki marta Toshkent–Jidda yo‘nalishida yangi aviaqatnovlarni boshlaydi.
6 sentabr kuni Toshkent shahrida Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil qilingan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyevning qirollikka tashrifida erishilgan kelishuvlar hamda ularning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha axborot berildi.
«O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifini tarixiy deb atash mumkin. Bu tashrif ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifalarga yo‘l ochmoqda.
Tashrif davomida Qo‘shma bayonot qabul qilindi. Unda, shuningdek xalqaro vaziyat hamda Afg‘oniston, Yaman va Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha tomonlarning qarashlari ham o‘z aksini topgan. Ikki mamlakat ham Ukrainadagi nizo tinch yo‘llar bilan hal qilinishi tarafdori ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, havo yo‘llari va boshqa ko‘plab sohalarni qamrab olgan 14 hujjat – bitimlar, kelishuv va memorandumlar imzolandi. Tashrif arafasida ishbilarmon doiralarining uchrashuvi ham o‘tkazildi. Bu uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarning umumiy qiymati 12 milliard dollardan oshadi.
Xushxabar sifatida aytishim mumkin, Saudiya Arabistonining mashhur FlyNas kompaniyasi joriy yil 15 sentabrdan boshlab haftada ikki marta Toshkent-Jidda reyslarini amalga oshiradi.
Men, shuningdek O‘zbekiston prezidenti va hukumatiga 2023 yil yanvar oyidan boshlab saudiyaliklar uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu turizm va xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarning yaxshilanishiga sabab bo‘ladi», – dedi Yusuf al Utaybiy 6 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.
Kun.uz muxbiri elchidan Saudiya qirolligi ham javob tariqasida o‘zbekistonliklar uchun qisqa muddatga bo‘lsa ham vizasiz rejim joriy qilish rejasi bor yoki yo‘qligi haqida so‘radi.
«Bizda ham Turizm vazirligi tomonidan ro‘yxat tayyorlangan. Bu ro‘yxatga o‘nlab mamlakatlar kiritilgan va u muntazam ravishda yangilab boriladi. Biz ham umid qilamiz, tez orada mazkur ro‘yxatga O‘zbekiston ham kiritiladi. O‘ylaymanki, qanday ijobiy qadam qo‘yilmasin, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni, xususan turizmni rivojlantirishga qo‘yilgan qadam bo‘ladi», – dedi Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

21:18 / 14.04.2025
Saudiya Arabistoni Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lab bermoqchi

10:00 / 14.04.2025
AQSh energetika vaziri neft arzonlashishini va’da qildi

03:47 / 26.03.2025
Zelenskiy AQShning Ukraina va Rossiya bilan kelishuv tafsilotlarini oshkor qildi

17:38 / 25.03.2025