Qaşqadaryo viloyat Şahrisabz tumanidagi «Keş original servis» MTP (maşina traktor parki)ga tegişli traktor garaji davlat soliq inspeksiyasidan qarzdorlik tufayli onlayn auksionda sotildi. Bu haqda viloyat MIB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda yozilişiça, traktor parkini soliqdan qarzdorligi 2020 yil 20 aprelda 44 mln 626 ming 932 sömni taşkil etgan.

Şahrisabz tuman DSIning 20 apreldagi qaroriga asosan qarzdor «Keş original servis» MTP (maşina traktor parki)dan soliq qarzdorligini undiriş belgilangan. Uşbu ijro hujjati MIBning Şahrisabz tuman bölimiga kelib tuşganidan söng, MTP rahbariga qarzdorlikni bartaraf etiş böyiça bir neça marotaba yozma va oğzaki ogohlantirişlar berilgani yozilgan. Ammo ogohlantirişlar foyda bermagaç, 2020 yil 25 aprelda qarzdorga tegişli tumandagi Yangiobod qişloğida joylaşgan 36 sotix maydonga ega noturar traktor garaji binosi xatlab olingan.

2020 yil 11 mayda «Onlayn auksionlarni taşkil etiş markazi» orqali elektron onlayn auksion savdosiga çiqarilgan. Uşbu noturar bino 2021 yilning 15 aprel kuni 116 mln 800 ming sömga sotilib, sotuvdan tuşgan pul mablaği soliq qarzdorligiga yönaltirilgan.

Avvalroq, Dehqonobod tumanida MIB xodimlarining ogohlantiruviga qaramay, aliment tölovini tölamagan ota qamalgan edi.