Prezidentning 3 iyuldagi tegişli qaroriga asosan Soğliqni saqlaş vazirining örinbosari lavozimiga Elmira Erkinovna Bositxonova tayinlandi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar bermoqda.

Elmira Bositxonova 1958 yilda tuğilgan, 1981 yilda Toşkent davlat tibbiyot institutining «davolaş işi» yönalişini tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori. Faoliyatini Toşkent şahar tez tibbiy yordam klinik şifoxonasida boşlagan, 1981-2011 yillarda şifokor-intern, anesteziolog-reanimatolog, bölim boşliği, Toşkent şahar tez tibbiy yordam klinik şifoxonasi boş şifokori.

2011-2016 yillarda Boş vazir örinbosari – Xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimida işlagan, keyin Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari lavozimiga ötkazilgan Elmira Bositxonova 2019 yilning yozida yana hukumat a'zoligiga qaytarilgan, 2020 yilning yanvarida lavozimga qayta tasdiqlangandi.

U 2020 yil fevralidan buyon Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Şuningdek, keyinroq Uluğbek Sobirov va Şohrux Şorahmetov ham soğliqni saqlaş vaziri örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bundan taşqari, DSQ raisi örinbosari soğliqni saqlaş vaziriga örinbosar böldi.