Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Qrimning harbiylashuvi bo‘yicha Ukraina rezolyutsiyasini qabul qildi
BMT Bosh assambleyasi Ukraina tomonidan taklif etilgan, Qrim va Azov hamda Qora dengizlar suvlarining harbiylashuvi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hujjat 66 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, 19tasi qarshi ovoz berdi, 72 mamlakat esa betaraf qoldi.
Rezolyutsiyada aytilishicha, Rossiya armiyasining Qrimdagi ishtiroki «Ukraina milliy suvereniteti, siyosiy mustaqilligi va hududiy yaxlitligi»ga zid keladi.
Shuningdek, Bosh assambleya hujjatda Azov va Qora dengizlarda Rossiya harbiy ishtirokining «ortib borayotgani» hamda Azov dengizida xorijiy kemalar o‘tishiga cheklovlar o‘rnatilganini qoraladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina bilan urush ehtimoli haqida o‘z fikrini bildirgandi.
Mavzuga oid
17:21
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
09:20
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
22:31 / 16.06.2026