Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina bilan uruş röy bermasligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda u «Komsomolskaya pravda» radiosiga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Biz Ukraina bilan uruşga kirişmaymiz, men sizlarga buni va'da beraman», - dedi u. Uning sözlariga köra, Moskva Ukrainani neytral davlat sifatida saqlab qolişni istaydi va Moskva «Ukrainada yaşovçi barça aholi qulay şaroitda» bölişini ta'minlaşga qarzdordir. Şuningdek, vazirning ta'kidlaşiça, özini mustaqil deb e'lon qilgan Donetsk va hamda Lugansk mustaqilligi tan olinişi «asabiylik va zaiflikning namoyon bölişi»ga aylanadi.
13 dekabr kuni Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Ukraina Mariupol yaqinida harbiy hujumga tayyorgarlik körayotgani va Donbassdagi aloqa çiziğida fitna uyuştirmoqçi ekanini aytgandi. Uning sözlariga köra, Ukraina hukumati Mariupol yönalişi böyiça tezkor hujum qiliş uçun Donetsk va Lugansk oblastlarida joriy qilingan harbiy holat rejimidan foydalanib qolmoqçi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kreml Poroşenkoning uruş haqidagi sözlariga munosabat bildirgandi.
Avvalroq Ukraina yetakçisi Kerç böğozidagi hodisani uruş, deb atagandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bildirişiça, bunday pozitsiyaga qöşilmaydi.
«Biz bunday pozitsiyaga qöşilmaymiz, gap Ukraina tomonining provokatsiyasi hamda Rossiya davlat çegarasini qöpol tarzda buzilişi haqida ketmoqda», - deya ma'lum qildi u.
Peskovning fikriça, Ukraina vaziyatdan öz maqsadlari uçun foydalanmoqçi.
«Biz Ukrainada saylov kampaniyasi davom ettirilayotganini körmoqdamiz hamda duşman obrazi - Rossiya - içki siyosiy maqsadlarga erişiş uçun qöllanilmoqda», - deya aniqlik kiritdi Kreml vakili.

















