Qozoğistonga kelayotgan Özbekiston fuqarolarining mamlakatda röyxatdan ötmasdan vaqtinça böliş muddati uzaytiriladi. Bu haqda Qozoğiston Respublikasi IIV tomonidan jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qilingan kelişuv hujjatida aytilgan. 

«Milliy pasport egalari bölgan ikki davlat fuqarolari boşqa davlat hududiga 30 kungaça vaqtinçalik röyxatdan ötmasdan borişi va uning hududida bölişi mumkin. Şu bilan birga, fuqarolar özlarining kelgani haqida vakolatli organlarni xabardor qilişlari kerak. 

Böliş muddatini 30 kundan ortiq, ammo 6 oydan oşmaydigan davrga uzaytiriş içki işlar organlari tomonidan amalga oşiriladi», — deyiladi kelişuv hujjatida. 

Amaldagi talabga köra, Özbekiston fuqarolari Qozoğistonda vaqtinçalik röyxatdan ötmasdan 5 kun bölişi mumkin. Endi uning muddatini 25 kunga uzaytirib, jami 30 kun qiliş taklif etilmoqda. 

Bundan taşqari, yangi özgarişlardan biri — avval ikki davlat çegara xizmatlari tomonidan çiqarilgan migratsiya nazorati kartalarining bekor qilinişidir. 

Şartnomaga köra, Özbekiston fuqarolaridan Qozoğiston hududiga kirganida quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

- Özbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporti;

- Özbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti (çiqiş pasporti);

- Özbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik bölmagan pasporti;

- Özbekiston Respublikasiga qaytiş guvohnomasi (faqat Özbekiston Respublikasiga qaytiş uçun);

- havo kemasi ekipaji a’zosining guvohnomasi (ekipaj tarkibida sayohat qilişda);

- hukumatlararo feldʼegerlik xizmati xodimining şaxsiy guvohnomasi.