Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta'minoti tizimi rekonstruksiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent (Ts-8) shaharlarida markazlashtirilgan issiqlik ta'minoti tizimini rekonstruksiya qilish va energiya samaradorligini oshirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Qarorda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro tarakqiyot assotsiatsiyasi (XTA) o‘rtasida 2018 yil 17 mayda mazkur loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish to‘g‘risida 2047 yilgacha qoplash muddati, shu jumladan besh yillik imtiyozli davr bilan qiymati 140 mln AQSh dollari bo‘lgan kelishuv imzolangan.
Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari, issiqlik ta'minoti tashkilotlari, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va vazirlik huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi bilan XTA kreditini qayta kreditlash to‘g‘risida kelishuv imzolangan.
Loyihaning umumiy qiymati 220,7 mln AQSh dollarini tashkil etadi hamda besh yil davomida amalga oshiriladi (2019-2023 yy.).
Hujjat bilan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” agsntligi loyihaning o‘z vaqtida amalga oshirilishi, XTA kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanshp uchun mas'ul ijro etuvchi agentlik hisoblanishi belgilab qo‘yildi.
Mavzuga oid
17:15 / 02.11.2024
Chorsu maydoni rekonstruksiya qilinadi, loyiha 170 mln dollardan ziyodga baholandi
13:10 / 18.07.2024
Temur Malik ko‘chasi salkam 200 mlrd so‘mga rekonstruksiya qilinmoqda
17:35 / 04.04.2024
Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi
11:02 / 14.02.2024