UzAuto Motors 2020 yilda ONIX va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
UzAuto Motors 2020 yilda xaridorlarga yagona platformadagi ONIX va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasi bo‘yicha sa'y-harakatlarni boshlab yubordi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
“2020 yil davomida ushbu avtomobilni yangi platformada ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlash maqsadida korxonada sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan korxonada ishlab chiqarish jarayoni 6 yanvargacha vaqtincha to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, 2020 yilda yangi modellarni o‘zlashtirish doirasida ishlab chiqarish jarayonida qisqa tanaffuslar kuzatilishi kutilmoqda.
Ta'kidlanishicha, bu kompaniya tomonidan xaridorlarga avtomobilni o‘z muddatida yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Qayd etilishicha, 2019 yilda kompaniya tomonidan 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejasi qo‘yilgan bo‘lib, xaridorlarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 271 098 dona avtomobil ishlab chiqarildi. 2018 yilda ushbu ko‘rsatkich 220 ming donani tashkil qilgandi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirildi
Iqtisodiyot | 23:21 / 19.04.2025
-
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:16 / 19.04.2025
-
Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi
Jamiyat | 22:10 / 19.04.2025
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35 / 19.04.2025
Mavzuga oid

21:10 / 12.04.2025
Yakuniy energotariflar, Tahoe defitsiti va $50 milliardga yaqin zaxira - hafta dayjesti

12:05 / 22.07.2020
«Yurish» navbati Kusherbayevda. Deputat va UzAuto Motors bahsi davom etadi

22:46 / 21.07.2020
«UzAuto Motors» tez yordam uchun sotib olinayotgan «Damas»lar masalasida Rasul Kusherbayevga javob qaytardi

16:58 / 20.07.2020