Kun.uz muxbiri Birlaşgan Arab Amirligida işidan ayrilgan, begona yurtda turarjoy va yeb-içiş uçun pul topolmay qiyin ahvolda qolgan, tezroq Özbekistonga qaytişga köz tikib turgan vatandoşlar bilan suhbatlaşdi.

Elmurod Karimov:

— Dubay şahriga 2020 yilning 8 fevral kuni kelganman. U paytda Xitoydan boşqa davlatlarda hali virus tarqalmagan edi. Bu darajada bölib ketişi xayolimizga ham kelmagan. Fevralning oxirlari, martning 5–10-kunlarida karantin boşlandi, savdo joylari birin-ketin yopila boşladi. Iş izlagani ofislarga borardik, ular bizga rad javobini bervorişardi. 20 martga borib umuman uydan çiqolmay qoldik. Turistik viza bilan kelgandim, karantin çeklovlari joriy etilgunça kvartiraga, köçada yurişga, u ofisdan bu ofisga borişga deyarli bor pulimni sarflab bölgan edim. Dubay esa har taraflama qimmat şahar.

Elmurod Karimov

Ustiga ustak, bu yerda xastalanib qoldim. Belimda ozgina oğriq bor edi, uni bee'tibor qoldirdim. Vaqt ötişi bilan oğriq juda kuçayib ketdi. Bu yerda klinikaga borsangiz, tibbiy suğurtangiz bölsagina sizni qabul qilişadi. Bölmasa, tibbiy xizmat uçun yo köp pul tölanadi, yoki kompaniya tomonidan işçilariga tibbiy yordam körsatiladi. Şu narsada muammoga uçradim. Menda tibbiy suğurta yöq, davolana olmadim.

Sönggi vaqtlarda oğriq juda kuçayib ketdi. Misol, Özbekistonda bölsam, bir hafta davolanişni içida bu bartaraf bölardi. Kasalxonalar qabul qilmagani, ular bizdan juda ham qimmat bölgani sababli, dorixonalarda biz izlagan dorini topişning iloji bölmayapti. Hozir oğriq juda ham kuçaygan, harakatlanişim qiyin bölib qoldi. Taniş, döstlarimdan kvartira, boşqa xarajatlarga pul qarz olgandim. Ular ham tugadi. Qayta qarz söraşga odam uyaladi, qolaversa, ular ham hozir zör ahvolda emas.

Xudoga şukur, yonimizda şeriklar bor. Yordam berişyapti, qarab turişmayapti. Birga röza tutyapmiz. Hamma xarajatlarni ular kötarişyapti, hatto kvartira haqigaça.

Menga öxşab turistik viza, işçi vizasi bölganlar juda köp. Yurtboşimizdan, hukumatimizdan iltimos qilamiz, charter reyslar yölga qöyib berilsa, uyga borsak. Bu mamlakat turizmga moslaştirilgan. Koronavirus tarqalişni boşlagaç bu yerdan köpçilik çiqib ketdi, Dubayda iqtisodiyot juda ham pastlagan. Ya'ni, bir iş topişga hozirça umid yöq. Çunki bir neça yillardan beri işlayotgan bolalar ham allaqaçon işlaridan ayrilişgan yoki bölmasa, oyligining 30 foizinigina olişyapti. Bu pul nimagayam yetardi? Bu jon saqlab turişgagina yetadi xolos,