Özbekistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan söng, 16 martdan boşlab, an'anaviy ta'lim jarayonlari vaqtinçalik töxtatilib, bolalar uy şaroitida onlayn tahsil olişni boşlagan edi.

Xalq ta'limi vazirligi xabariga köra, bugun, 6 oy deganda, 7 sentabr kuni 329 maktab öquv dargohini soğingan öquvçilar uçun öz eşiklarini oçdi.

Sanitariya xizmati markazlari 5 sentyabrga qadar maktablarning yangi öquv yiliga tayyorlik holatini örganib, jamoaga qöşimça öquv-treninglar ötkazdi, bunday treninglar hozirgi kunda ham davom etmoqda. 

Maktablar faoliyatini yölga qöyiş yuzasidan tegişli qaror sanitariya epidemiologiya va osoyiştalik markazining xulosasi asosida mahalliy xalq deputatlari kengaşlari tomonidan qabul qilinadi.

Yangi, 2020/2021 öquv yili rasman joriy yilning 14 sentabr kunidan boşlanadi. 

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ötkazilgan sörovnomada 5 million 500 ming nafar ota-onadan 76 foizi ta'lim jarayonini maktabga qatnagan holda, ya'ni an'anaviy şaklda olib boriş tarafdori bölgan, 24 foizi esa masofaviy şaklda – teledarslar orqali davom ettirişni ma'qul körişgan.