Biri otilgan, ikkinçisi surgun qilingan: Germaniyada öqigani uçun qatağon qilingan özbek ayollari
|18:29 / 03.05.202286 7679 min
1922 yil. Bu davrda özbek qizlari boşqa davlat tugul, qöşni mahallalarga ham deyarli borişmagan. Şunday davrda Germaniyaga öqişga yuborilgan 70 nafar talaba orasida ikki özbek qizi: Maryam Sultonmurodova va Xayriniso Majidxonova ham ilm olib, vatanida özgarişlar qiliş niyatida Yevropaga öqişga yöl oladi.
Yigirmançi asrda Turkistonni qoloqlikdan qutqarib, odamlarni savodli qilişga bel boğlagan jadidçilik harakati namoyandalari yoşlarni Yevropaga öqişga yuborib mamlakatni taraqqiyotga boşlaydigan kadrlar yetiştirişni maqsad qiladi.
Şu maqsadda 1922 yilda Turkistondan ilk talabalar guruhi Germaniyaga öqişga yuboriladi. Ular orasida bor-yöği 2 nafar qiz: Maryam Sultonmurodova va Xayriniso Majidxonovalar bor edi.
Germaniyada öqigan talabalar.
Foto: Bahrom Irzayev
Kun.uz ilk bor çet el ta’limini olgan özbekistonlik xotin-qizlar va ularning ayançli tarixi haqida adabiyotşunos olim, jamoat arbobi Naim Karimov bilan suhbatlaşdi.
Orzudagi mustaqil davlatni boşqariş uçun kadrlar kerak edi
20-asr boşlarida mamlakatimiz Turkiston deb atalardi. Bu davrda Turkistonda jadidçilik – milliy uyğoniş harakati boşlandi. Xalqning turmuş tarzi, madaniyati, fan, san’ati nihoyatda oğir ahvolda edi. Turkiston – Çor Rossiyasi mustamlakasi edi, jadidlar mustamlaka zanjirlarini parçalaş uçun bolalarni, yoşlarni öqitiş, zamonaviy fanlarga örgatiş kerak degan qarorga kelişadi. Ularning bu rejalari qatorida yoşlarni Yevropaga öqişga yuboriş ham örin olgandi.
Mahmudxöja Behbudiy: “Agar biz diniy ulamolarni tayyorlab çiqarmoqçi bölsak, Arabiston, Misrga yoşlarni yuborişimiz kerak. Agar zamonaviy fanlar, texnikani rivojlantirişni maqsad qilsak, unda Yevropa mamlakatlariga talabalarni yuborişimiz kerak”, degan şior bilan çiqqan. Bu şiorni amalga oşiriş uçun hali vaqt pişib yetilmagan edi.
1917 yilda Qöqonda Turkiston muxtoriyati tuziladi, lekin harbiy tomondan zaif muxtoriyat biroz ötib qonga botiriladi. Şundan söng yurtda sovet hukmronligi örnatiladi. Mana şu orada Özbekistonda “Bilim hay’ati” tuziladi. Taşkilotning asosiy maqsadlaridan biri talabalarni çetga öqişga yuborişdan iborat edi.
Taşkilot a’zolari: “Har yili 70 nafar talabani xorijga öqişga yuborsak, yaqin orada mustaqillikka erişişimiz mumkin va mustaqil Özbekistonni boşqara oladigan kadrlar yetişib çiqadi”, deb işonişgan. Şunday qilib 1922 yilda ilk marta talabalarni öqişga yuboriş rejasi amalga oşadi. Öşa vaqtda Turkiston hukumati ixtiyorida Buxoro amiridan qolgan oltinlarning bir qismi bor edi, xazinaning asosiy qismi Rossiyaga taşib ketilgandi.
Mavzuga oid
1922 yilda 70 nafar talaba Germaniyaga öqişga yuboriladi. U payti hali yigitlar özining şahridan boşqasiga, qizlar esa, ehtimol, mahallasidan nariga ötmagan edi. Ular özbek tilidan boşqa tilni ham bilişmagan hatto.
“Örta Osiyodan tuyalar, eşaklar keldi”
Yoşlar orasida öqişga ketgan Vali Qayum ismli talabaning keyinçalik xotirlaşiça, Abdurauf Fitrat talabalar öqişga ketişidan oldin öziga yaqin bölgan şogirdlarini töplab Samarqanddagi Amir Temur hilxonasiga olib borib, ularning va’dasini oladi. Mazmuni quyidagiça edi: “Biz yoş özbek yigitlari Germaniyaga borib, sanoat, aniq fanlar, qişloq xöjaligi böyiça mutaxassis bölib kelib, butun hayotimizni Özbekiston ravnaqi uçun sarflaymiz”.
Ular Germaniyaga borgaç, birdaniga ta’lim muassasalariga qabul qilinişi qiyin edi. Sababi til bilişmasdi. Ilk bor özbekistonlik talabalar Germaniyaga yetib borib poyezddan tuşişganda Rossiyadan borib şu davlatda öqiyotgan talabalar oq, qizil bayroqlar kötarib olib “Örta Osiyodan tuyalar, eşaklar keldi”, deb kelgan yoşlarni haqorat qilib, nemislarda bizning talabalarga nisbatan nafrat uyğotişga harakat qilgan.
Vatandoş talabalar nemis oilalariga taqsimlab beriladi va ular nemis tilini örganişadi, oilalarning ularga mehri tuşadi. Şundan söng özbekistonlik talabalar turli ta’lim muassasalariga öqişga joylaştiriladi.
Çetda öqigan birinçi özbek qizlari
Germaniyaga öqişga ketgan talabalar orasida 2 nafar qiz bor edi: Xayriniso Majidxonova va Maryam Sultonmurodova.
Xayriniso Majidxonova opasi bilan.
Foto: Bahrom Irzayev
Xayriniso Majidxonova Toşkentda özbek xalqining ziyolilari bilan bitta köçada yaşagan. Otasi Majidxon ham ziyoli inson edi. Xayriniso otasi ziyoli inson bölgani sabab Munavvarqori Abduraşidxonov oçgan jadid maktabida savodi çiqadi. Yangiça usulda ta’lim olgani uçun ham Germaniyada ta’lim olişga unçalik qiynalmagan bölişi mumkin.
Xayriniso Germaniyada dastlab texnikumda, keyin esa universitetda tibbiyot va bolalar pedagogikasi yönalişlarida tahsil oladi.
“Ezilgan millatlar, qoronğilikda qolgan yurtini kelgusida çin bilim bilan yoritmoq uçun bu yil xorijga ketgan talabalar orasida qizim Xayriniso ham bor edi. Bilim uçun uzoq ellarga birinçi özbek qizini yuboriş şarafi, şukrlar bölsunkim, menga nasib bölmiş”, deb xursand bölgan edi Xayriniso Majidxonovaning otasi.
Hali yoşlar Germaniya tahsilini davom ettirayotgan paytlarida sovet hukumati bir bahona bilan ularning stipendiyasini töxtatib qöyadi. Şundan söng yoşlar moddiy qiyinçiliklar bilan tahsilni davom ettirişadi.
Talabalar Germaniyadan qaytgaç, “Ular Yevropaning ta’siriga tuşgan, Rossiyani yomon köradi”, degan ayblovlar bilan qamoqqa olina boşlanadi. Hibsga olinganlar orasida Xayriniso Majidxonova ham bor edi, uning Germaniyadan olib kelgan hamma materiallari yoqib yuboriladi.
Xayriniso Majidxonova bolalarni tibbiy körikdan ötkazyapti.
Foto: Bahrom Irzayev
Xayriniso Majidxonovaning yondirilgan kitoblari orasida Germaniyadan olib kelingan tibbiy asarlar, bolalar kitoblari bilan birga Gyote, Şillerning nemis tilidagi kitoblari, Abdulla Qodiriy, Çölpon kabi buyuk özbek şoir va yozuvçilarining özbek tilidagi asarlari ham bor edi. Xayriniso Majidova qora ayblovlar bilan otuvga hukm qilinadi. Hukm 1938 yil 9 oktyabrda ijro etiladi.
Xayriniso Majidxonovaning jiyani u haqida şunday xotirlaydi: “Xayriniso xolamning orzulari katta edi. Xolam Germaniyadan keltirgan tibbiyotga oid turli qöllanmalarni nemis tilidan özbek tiliga tarjima qilişga kirişgan, ilmiy tadqiqotlarini boşlagan edilar”.
Xayriniso Majidxonova 1999 yilga kelibgina töla oqlanadi.
Ilm olib kun körmagan yana bir Turkiston qizi
Xayriniso Majidxonova bilan birga Germaniyaga öqişga ketgan qizlardan yana biri – Maryam Sultonmurodova edi.
Maryam Sultonmurodova
U xorazmlik Jumaniyoz ismli ziyoli insonning qizi edi. Bu odam Xiva xonligidagi davlat töntarişida qatnaşib, bu yerda jadidlar hukmronligini örnatiş orzusi bilan yaşagan. Şu sabab qamoqqa olinadi va öldiriladi. Maryam ilğor kişining qizi bölgani uçun tatar maktabida öqiydi va 1911 yilda Toşkentdagi tatar maorif institutiga öqişga kiradi. 1922 yilda 70 talaba orasida Germaniyaga öqişga ketadi.
Maryam Sultonmurodova jurnalistika sohasida mutaxassis bölib yetişadi, nemis adabiyotini çuqur örganadi.
Maryam Sultonmurodova singlisi bilan.
Foto: Bahrom Irzayev
Özbekistonga qaytgaç bir muddat maorif boşqaruvi tizimida, jurnalistika sohasida işlaydi, nemis tilidan tarjimalar qiladi. 1937 yilda esa Germaniya ta’limini olib kelganlarni qamaş boşlangaç, Maryam Sultonmurodova birinçilardan bölib qamoqqa olinadi. Uning qölida yoş bolasi bor edi.
Maryam Sultonmurodova.
Foto: Bahrom Irzayev
Bu haqda özi şunday eslaydi:“1937 yilgi tergovdagi körsatmalarni tasdiqlamayman. Şaxsan özim bunday körsatma bermaganman. Meni tergov qilgan çoğlarida qaydnomaga imzo çekişga majbur qildilar. Lekin unda nima yozilganligini öqimaganman, öqişga berişmagan ham. Bu hujjatlarning mazmuni bilan tanişişga ixtiyor bildirganimda, “bolangni olib qöyamiz”, deb qörqitişdi”.
1939 yilda Maryam Sultonmurodovaga 10 yillik qamoq jazosi tayinlanadi. Jazoni avvaliga Toşkent, keyin Qozon va Moskva yaqinidagi Suzdal turmalarida ötagan, undan söng uzoq şarqqa yuborilib, qurilişda işlatilgan.
Maryam Sultonmurodova 10 yillik qamoqni tugatib çiqqaç ham, 1949 yilda yana qamoqqa olinadi, bu safar Krasnoyarskka surgun qilinadi. Stalin ölimidan söng 1957 yilga kelibgina tinmay murojaat qilaverib, özining aybsiz qamalganini isbotlaşga muvaffaq böladi.
Hayoti ta’qib, çetlatişlar bilan ötgan Maryamga Xorazmda iş berişmaydi, uni siğdirişmaydi. Şundan söng u çekka qişloqqa ketib, öşa yerda kasalxona oçib odamlarga yordam beriş bilan hayot keçiradi.
Zilola Ğaybullayeva tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Abdusalim Abduvohidov.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi