O‘zbekiston | 14:24 / 13.09.2023
14617
2 daqiqa o‘qiladi

AQShdan 25 nafar ingliz tili o‘qituvchisi O‘zbekistonga keldi

Ular 11 hududdagi maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib boradi, 10 oylik o‘qitish va malaka oshirish dasturlarini o‘tkazadi.

Foto: usembassy.gov

AQShdan 25 nafar ingliz tili o‘qituvchisi O‘zbekistonga keldi. Ular butun 10 oylik o‘qitish va malaka oshirish dasturlarini o‘tkazadi, mahalliy o‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quvchi va talabalarga bevosita dars beradi.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi xabar berishicha, guruh tarkibiga maktablarning 10-sinfidan to universitet darajasigacha bo‘lgan bosqichda mahalliy ingliz tili o‘qituvchilari bilan birgalikda dars beruvchi amerikalik 17 nafar ingliz tili o‘qituvchisi kiradi.

Bundan tashqari, universitet darajasida ingliz tili o‘qitish salohiyatini oshiradigan, boshqa tillarda so‘zlashuvchilar uchun ingliz tili o‘qitishga ixtisoslashgan 8 nafar tajribali o‘qituvchi bor.

Amerikalik o‘qituvchilarning 15 nafari AQSh Davlat departamentining Fulbright ingliz tili o‘qitish bo‘yicha yordamchisi (ETA) dasturi bir qismidir, 2 nafari esa O‘zbekistonda ingliz tili o‘qitishni davom ettirish maqsadida Toshkentdagi AQSh elchixonasining «Ingliz tili o‘rgatuvchi» dasturida avval ham qatnashgan ETA bitiruvchilaridir. 

O‘qituvchilar AQShning turli qismlaridan — Kaliforniyadan Floridagacha bo‘lgan hududlardan kelgan va O‘zbekistonning 11 hududida ishlaydi. 

Mavzuga oid