Ijtimoiy tarmoqlarda “Talabaning ijtimoiy-psixologik pasporti” nomli sörovnoma tarqaldi. Talabalarga oid kanallardan birida uni talabalarga töldiriş uçun berişgani aytiladi. Sörovnomada “Emotsional va xulq-atvor buzilişlari mavjudmi?” “Atrofdagilar bilan munosabatda agressivmi?” kabi bandlar ham bor.

Sal oldin Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining OTM rahbarlariga yuborgan xati e’tirozlarga sabab bölgandi.

Xatga köra, OTM rahbariyatiga barça talabalarni örganib, ularni şartli 3 guruhga böliş: jinoyatçilikka moyil, yot ğoyalar ta’siriga tuşiş arafasidagi va tartib-qoidalarga rioya etmaydigan talabalar röyxatini şakllantiriş va ajratib olingan talabalarga vazirlik, oliy ta’lim muassasalarining rahbar-xodimlarini biriktiriş, ularning ota-onalari bilan individual suhbatlar taşkil etib boriş topşiriği berilgan.

Maxsus topşiriq xati va keyinroq tarqalgan bu sörovnoma sabab ijtimoiy tarmoq faollari oliy ta’limdagi holat haqida faol fikr bildira boşlaşdi.

Kun.uz mazkur sörovnoma haqida ma’lumot oliş uçun vazirlik matbuot xizmati bilan boğlandi.

Matbuot xizmati bergan ma’lumotga köra, bu sörovnoma “Talabaning ijtimoiy-psixologik pasporti” deb nomlanadi hamda u tyutorlar va psixologlar tomonidan töldiriladi.

“Talabaning ijtimoiy-psixologik pasporti” OTM psixologining asosiy hujjati hisoblanadi. Savollar ham talabaga bevosita qaratilmagan, uçinçi şaxs uçun möljallab tuzilgan”, deb javob berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova.

Matbuot xizmati bergan ma’lumotga köra, prezidentning 2017 yilgi qarori bilan OTMlarda alohida ştat asosida psixolog xizmati taşkil etilgan.

“Oliy ta’lim muassasalarida turli noxuş holatlar, suitsid bilan boğliq fojialarning oldini oliş, talabalarning şaxsiy muammolarini erta aniqlaş uçun talabalarning ruhiy-psixologik holatini baholaş, ularning muammo va dardiga taşxis qöyiş hamda şu asosda zarur psixodiagnostik, davolaş-profilaktik işlarini yölga qöyiş maqsadida psixologlar tizimli işlarni taşkil etadi.