Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida elektrga talab 40 foizga köpaygan. Şu sababli oxirgi beş yilda 14 ta elektr stansiyasi işga tuşirildi va yillik elektr işlab çiqariş qöşimça 16 milliard kilovatt soatga köpaydi.
Şunga qaramay, bu yil juda sovuq kelgan qiş kunlarida respublikada 3,1 milliard kilovatt soat (vodiy viloyatlarida 1,1 mlrd kVt soat) elektr yetişmovçiligi yuzaga keldi. Jumladan, Andijonda - 384 million, Namanganda - 288 million, Farğonada - 441 million kilovatt soat.
Ayrim kunlari aholining elektrga talabi birdaniga 30 foizga oşgani, köplab avariyalarga ham sabab böldi. «Nima uçun mas’ul rahbarlar öz hududida yetişmovçilikni qoplaş, «yaşil energiya»ni joriy qiliş, tejamkorlik haqida öylamagan?» - dedi davlat rahbari.
Prezident bu haqdagi çora-tadbirlarni Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari misolida aytib berdi.
Qayd etilişiça, yirik quyoş va şamol stansiyalari loyihalarini tezlaştiriş kerak. Bu yil Pop va Farğona tumanlarida 600 Megavattli 2 ta quyoş stansiyasi quriladi. Şuningdek, Yangi Andijondagi 192 ta köp qavatli uylar va 6 ta ijtimoiy obektlarni kafolatli issiqlik bilan ta’minlaş uçun 20 Megavatt quvvatli kömirda işlaydigan kogeneratsiya loyihasi amalga oşiriladi. Uşbu stansiya issiqlik bilan birga yiliga 80 mln kVt soat elektr energiya işlab çiqaradi. Uning 1-bosqiçi joriy yil dekabrda işga tuşadi.
Vodiy viloyatlarida 160 Megavattli quyoş panellari va 100 ta mikro GESlar quriladi. 1 iyulga qadar tadbirkorlar jalb qilinib, Andijonda 41 ta, Namanganda 32 ta va Farğonada 27 ta mikro GES quriş boşlanadi. Bu işlarni joylarda töğri taşkil etiş, masalalarni hal qiliş uçun viloyat hokimlarining 1-örinbosarlari mas’ul böladi va hamma işlardan ozod qilinadi. Ularga respublika bank rahbarlari biriktiriladi.
Ijtimoiy soha obektlarida «quyoş energiyasi»dan foydalaniş uçun alohida kompaniya taşkil etiladi. Unga 200 million dollar mablağ beriladi. Kompaniya quyoş panellari va suv isitiş qurilmalarini özi örnatadi va «yaşil energiya»ni budjet korxonasiga sotadi. Şuningdek, bu soha daromadliligini tadbirkorlarga tuşuntirib, ularni jalb qiliş kerak. Kiçik quyoş panelidan olinadigan 1 kilovatt-soat elektr energiya tannarxi örtaça 450 söm, budjet taşkilotiga 800 sömga sotiş mumkin.
Yirik korxonalarda ham qayta tiklanuvçi energiya manbalari örnatiladi. Vodiyda 1 ming 408 ta yirik korxona mavjud. Umuman, vodiydagi yirik korxonalar özining elektr ehtiyojini 100 foiz özi ta’minlaşga ötkaziş viloyat hokimlari, Energetika vazirligi va tarmoq rahbarlari uçun ustuvor vazifa bölişi kerak. Sanoat korxonalarida quyoş panellari örnatiş va kiçik stansiyalar quriş uçun xalqaro moliya taşkilotlaridan 2 milliard dollar jalb qiliş çoralari köriladi.

















