Vazirlar Mahkamasi soliq organlarining ayrim soliq hisobotlarini şakllantirişi töğrisidagi qarorni tasdiqladi.
2024 yil 1 yanvardan soliq organlari tadbirkorlarning istagiga köra, yuridik şaxslarning qöşilgan qiymat soliği (QQS), aylanma soliği, mol-mulk soliği va yer soliği böyiça hisobotlarni şakllantirişi mumkin böladi.
Hujjatlar avtomatik tarzda tayyorlanadi. Hisobotlarni tayyorlaş uçun içki manbalar (soliq tölovçining soliq va moliyaviy hisobotlari, elektron hisob-fakturalar, onlayn nazorat-kassa maşinalari, onlayn çeklar va boşqalar) ma’lumotlari bilan bir qatorda taşqi manbalardan (boşqa davlat organlari tizimlari) ham foydalaniladi.
Hisobot soliq tölovçining şaxsiy kabinetida aks etadi. U yoki uning vakolatli vakili tuzilgan hisobotning töğriligi va töliqligini tasdiqlaşi yoki hujjatni qayta rasmiylaştirib, soliq organlariga taqdim etişi kerak böladi.
Savdo kvitansiyalarini berişda texnik xatolarni tuzatiş muddati belgilangan. Agar bunga qadar tuzatişni keyingi oyning 10-kunidan keçiktirmasdan kiritiş mumkin bölsa, 20 oktyabrdan boşlab hisobot davrining oxirigaça vaqt ajratiladi.

















