Taksi faoliyati uchun litsenziyani avtomatik olish tartibi joriy etiladi - manba
O‘zbekistonda taksi xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya saqlanib qolishi, ammo uni avtomatik tarzda olish imkoniyati yaratilishi mumkin. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Kutilayotgan o‘zgarishga ko‘ra, taksi haydovchilari soliq organlari veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, litsenziyani avtomatik tarzda qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, haydovchilar o‘z-o‘zini mehnat bilan band qilgan shaxslar toifasiga kiritiladi.
«Ayni paytda turli versiyalar ustida ish olib borilyapti: haydovchilar mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi agregatorlarga ulanishi sharti bilan o‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida tan olinishi mumkin. Negaki, mijozlar haydovchi haqida ma'lumotga ega bo‘lishi, sodir etilishi mumkin bo‘lgan noxushliklarning oldini olish kerak. Bu holatda haydovchilar muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.
Bundan tashqari, soliq organlari veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, litsenziyani o‘sha zahoti avtomatik tarzda olishi mumkin bo‘ladi», — deydi hukumatdagi manba.
Ta'kidlanishicha, masalaning moliyaviy yechimlari bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelinmagan. Davlat soliq qo‘mitasi, transport hamda moliya vazirliklari bu borada hamkorlikda ish olib boryapti.
Shu oy boshida moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov taksichilarni ham o‘zini-o‘zi band qilganlar ro‘yxatiga qo‘shish bo‘yicha ishlanayotgani va bu bo‘yicha 1-2 oyda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil 19 maydagi prezident selektorida taksichilar daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi ma'lum qilingan, ammo 9 iyunda e'lon qilingan tegishli qarorda taksichilar ko‘zda tutilmagandi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53
-
Google Play’dan 1,6 mln ilova o‘chirib tashlandi
Fan-texnika | 01:40
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
Mavzuga oid

16:23 / 30.04.2025
Turagentlik faoliyati uchun litsenziya talabi bekor qilinadi

18:33 / 18.04.2025
Mineral o‘g‘itlar va pestitsidlar savdosi uchun endi litsenziya talab qilinadi

15:04 / 08.04.2025
Raqobat qo‘mitasi litsenziyasiz turfirmalar faoliyatini reklama qilish taqiqlanganini eslatdi

18:11 / 02.04.2025