Namangan viloyati hokimining quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari Saidahmad Sultonov yerlarni noqonuniy sotiş bilan boğliq jinoyat işi doirasida uşlangan. Kun.uz manbasiga köra, unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

Saidahmad Sultonov 2020 yil oktyabr oyidan buyon bu lavozimda işlab kelayotgandi. Bungaça u Namangan viloyat quriliş boş boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritgan.

Saidahmad Sultonov 1976 yili Namangan şahrida tuğilgan. Ma’lumoti oliy, 1998 yili Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – muhandis-texnolog.

Mehnat faoliyatini 1998 yilda Namangan tumani davlat kadastri bölimi yetakçi mutaxassisi vazifasidan boşlagan. 2001–2012 yillar davomida viloyat va Namangan şahar kadastr korxonalarida turli lavozimlarda işlagan. 2012–2018 yillarda Namangan şahar hokimining örinbosari bölgan.

Bugun, 18 dekabr kuni Sultonovning örniga Namangan şahri hokimi Ğofur Jamolov Namangan viloyati hokimining örinbosari etib tayinlangani ma’lum qilindi.

  • Oldinroq sobiq Qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov iqtisodiy jinoyatlar bilan boğliq işda, Bekobod tumani hokimi Şuhrat Mirzayev esa budjet mablağlarini özlaştirganda gumonlanib, qölga olingani xabar qilingandi.
  • Kun.uz manbasining ta’kidlaşiça, oxirgi bir oyda korrupsiyaga qarşi kuraş tadbirlari doirasida önga yaqin mansabdor hibsga olingan.