Ya'ni, Kun.uz’ning hukumatdagi manbasi tuşuntirişiça, fuqaro poytaxtda yoki Toşkent viloyatidagi umumta'lim maktabida öqituvçilik qilsa, maktab direktorining; poliklinikada işlasa, poliklinika mudirining ma'lumotnomasi bilan propiskaga kirişi mumkin.

Bunda asosiy şart şuki, fuqaro bitta taşkilotda işlagan davri beş yildan kam bölmasligi kerak.

Bundan taşqari, Toşkent şahri va Toşkent viloyatida uy-joy sotib olmagan fuqarolar notariusga işi tuşganda, notarial xatti-harakatlarni amalga oşiriş vaqtida notariuslarning ulardan propiska talab qilişi bekor qilinadi.

Şu bilan birga, ilgari Toşkent şahri va viloyatida doimiy röyxatga ega bölgan fuqarolar qaytib kelganda, ular uşbu hududlarda heç qanday qöşimça şartlarsiz qayta doimiy röyxatga olinişi mumkin böladi.

Farmon bilan Vazirlar Mahkamasiga bir hafta muddatda tegişli qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga taqdim etiş belgilangan.

Bundan oldin, mazkur farmon bilan Toşkentdan uy oliş uçun propiska söralmasligi, işdan böşagan xodimning propiskasi «kuymasligi» belgilangani haqida xabar berilgan edi.