Qatar Airways Doha-Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Shu yilning 2 iyun kuni Doha-Toshkent-Doha aviaqatnovining tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatar Airways kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badr Muhammad Al-Miyr bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida davlatlararo to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, kargo tashuvlarini amalga oshirish, zamonaviy aviaxizmatlar sohasida tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.
Badr Muhammad Al-Miyr O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida ikki tomonlama do‘stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidlab, ushbu munosabatlarni shakllantirishda davlatlarni bog‘lab turadigan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish juda muhim ekanligiga e’tibor qaratdi.
"Rejalarimiz va umidlarimiz ulkan. Dastlab haftasiga 4 marta, keyinchalik esa kunlik ravishda havo qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirganmiz", – deya ta’kidlagan u.
Bundan tashqari, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar orqali o‘zaro turistlar oqimi va ikki tomonlama savdo hajmlari ham oshib borishi urg‘ulandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar shu yilning 2 iyun kuni Doha-Toshkent-Doha aviaqatnovining tantanali ochilish marosimini o‘tkazishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
13:53 / 16.08.2024
Oq uy: G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar Dohada davom etmoqda
14:10 / 02.08.2024
Dohada HAMAS yetakchisining dafn marosimi oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi
17:31 / 02.06.2024
Qatar Airways O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
14:26 / 25.02.2024