Xalqaro valuta jamğarmasi boşqaruvçi direktori Kristalina Georgiyeva Özbekistonga keldi. U 7 iyun kuni Markaziy bankda özbekistonlik talabalar bilan uçraşdi. Uçraşuvda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov va prezident maslahatçisi örinbosari Timur Işmetov ham iştirok etdi.
Kristalina Georgiyeva talabalarning Markaziy Osiyoda suv muammosini hal qilişga oid savoliga javob berarkan, XVJ suv iqtisodiyotiga e’tibor qaratayotganini ta’kidladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Birinçi navbatda, mamlakatlarga uşbu resurs töğri narxlanayotganiga e’tibor qaratişlarini tavsiya qilyapmiz”, – dedi u.
XVJ direktorining sözlariga köra, Markaziy Osiyo mintaqasida Qirğiziston, Tojikiston, ularning quyi oqimidagi suv manbalaridan foydalanadigan Özbekiston mustahkam huquqiy asos va hamkorlikka asoslangan noyob imkoniyatga ega.
“Men Qozoğiston, Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston manfaatlarini ifoda qiladigan ba’zi qöşma loyihalar haqida eşitib xursand böldim. Suv resurslari borasida birgalikda işlab, birga sarmoya kiritsangiz, yaxşi natijalarga erişasiz.
Suvning qiymati, himoya qiliş zarurati haqida axborotlardan jamoatçilikni xabardor qiliş kerakligini ta’kidlagan bölardim. Şuningdek, suv resurslarini boşqarişni jamiyat darajasiga olib çiqiş kerak, çunki yomğirlar suvini yiğiş uçun hali köp iş qiliş kerak. Keyin siz töplangan suv eng samarali tarzda işlatilişiga işonç hosil qilişingiz kerak”, – dedi iqtisodçi.
U Özbekistonda allaqaçon ayrim işlar qilinayotgan bölsa-da, bundan ham köproq iş qiliş mumkinligini, Özbekistonda hali ham suv bozori şakllanmaganini ta’kidladi.

“Suvga nisbatan yaxlit iqtisodiy va siyosiy yondaşuv zarur. Hali ham suvning bozor narxi şakllanmagan, bu oldingizda turgan va amalga oşirilişi kerak bölgan islohotdir. Buning ijtimoiy oqibatlari haqida öylab, juda ehtiyotkorlik bilan qiliş kerak. Özbekistonda hozirda ijtimoiy himoya böyiça yaxşi natijalar qayd etilgan, xuddi şu ijtimoiy himoyani maqsadli ravişda suvga nisbatan ham amalga oşiriş mumkin. Ammo şuni aytmoqçimanki, agar biz suvga qadrlaşimiz şart bölmagan narsa deb qarasak, yaxşi natijalarga erişiş qiyin böladi”,

















