Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi matbuot xizmati «Mahalla» xayriya jamoat fondi va «Saxovat va kömak» jamğarmasi xayriya mablağlarini talon-toroj qilgan şaxslarga jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, Oqqörğon tumani hokimining mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş masalalari böyiça örinbosari Muxtorali Alişev va tuman «Mahalla» xayriya jamoat fondi hisobçisi B.N. oldindan til biriktirib, tumandagi ehtiyojmand oilalarni moddiy qöllab-quvvatlaş maqsadida «Mahalla» xayriya jamoat fondiga hamda 2020 yilda «Saxovat va kömak» jamğarmasiga kelib tuşgan mablağlarni turli yöllar bilan naqdlaştirib, jami 109,2 mln. söm pullarni özlaştirişgan.

Şu bilan birga, 2020 yilda «Saxovat va kömak» jamğarmasiga kelib tuşgan mablağlardan 44 mln sömni maqsadsiz sarflab, rastrata yöli bilan talon-toroj qilişgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 16 may kuni Departamentning viloyat boşqarmasi tomonidan JKning 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, Muxtorali Alişev şu yilning 24 fevralida Oqqörğon tumani hokimi örinbosari etib tayinlangandi.

Avvalroq, Savdo sanoat palatasi raisi Adham Ikromov saxovat va kömak masalasida xalqqa töğridan töğri pul tarqatilişi özini oqlamaydi degandi.

«Birinçidan, bu talon-toroj bölişi mumkin. Ikkinçidan, odamlarning masalasini hal qilib bermaydi. Pul işlatib yuboriladi, undan köra kelgusida tadbirkorlarimizga iş bilan ta'minlaşi uçun, saxovat qilişi uçun yordam berilsa, yutuğimiz köproq böladi. Va bu dunyoning tajribasi ham. Çunki biznes ijtimoiy mas'uliyati. Hozir biz tanqid qilamizmi, boşqa qilamizmi, bironta davlatda, bironta hukumatda, JB böladimi, JSST böladimi, aniq belgilangan taşxis qöyiş va davolaş usullari yöq. 

Biz şu yönalişni tanladik, işontirib aytaman, iqtisodiyotimiz yurib ketdi sekin-sekin, qişloqlarimizda hayot qaynab yotipti, Markaziy bank qayta moliyalaş stavkalarini 14–12 foizga qaytadan tuşirişga, juda qattiq turibmiz. Undan taşqari, xorijdan kreditlarni olib keliş — bu juda katta masala. Xorijda juda arzon arzon kreditlar tayyor turibdi. Jahonda pul bor. Ularni unumli işlatişimiz bu tadbirkorlar bilan birgalikda, bizning ovozimizni hukumat va Markaziy bank eşitişi şart deb öylayman. Buni qöllab-quvvatlaymiz», degandi Adham Ikromov.