Parlamentga «Ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi kiritildi.
Hujjat loyihasi bilan qonunçilikka qator özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlaştirilmoqda. Unga köra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga öz faoliyatini amalga oşirişda kömaklaşiş, Qonunçilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Oliy Majlisning qonunlarni qabul qilişga doir vakolatlarini bajariş, qonunni u Senatga kelib tuşgan kundan e’tiboran 60 kun içida körib çiqiş va boşqalar nazarda tutilmoqda.
Senat a’zolari har bir ma’muriy-hududiy birlikdan 4 nafardan saylanişi, 9 nafari prezident tomonidan tayinlanişi (jami 65 nafar) belgilanmoqda. Doimiy asosda işlovçi senatorlar soni 25 nafar miqdorda saqlanib qolmoqda.
Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvçi komissiyasini tugatiş taklif etilmoqda.
Senatning quyidagi vakolatlari bekor qilinib, Qonunçilik palatasining mutlaq vakolatlari sifatida belgilanmoqda:
- davlat budjetining ijro etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş va Hisob palatasining hisobotini körib çiqiş;
- prezident taqdimiga binoan boş vazir nomzodini körib çiqiş va ma’qullaş;
- boş vazir, hukumat a’zolarining hisobotlarini hamda Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma’ruzasini eşitiş.
Qonunçilik palatasi spikeri örinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartiriladi. Bunda:
- spikerning örinbosarlari fraksiya a’zosi bölişi mumkin emasligi hamda lavozimda böliş davrida siyosiy partiyadagi a’zolikni töxtatib turişi belgilanmoqda;
- fraksiya rahbari moddiy, tibbiy va transport xizmati körsatiş şart-şaroitlariga köra spiker örinbosariga tenglaştirilmoqda.
Qonunçilik palatasi va Senatning özini özi tarqatib yuboriş vakolati kiritilmoqda. Bunday holatda Qonunçilik palatasiga yangi saylov 2 oy mobaynida ötkaziladi, Senatning yangi tarkibi 1 oy mobaynida şakllantiriladi.













