Kun.uz saytida Toşkent şahrining Bektemir tumanida ijarada yaşovçi, jigar sirroziga çalingan va zudlik bilan operatsiya qilinişi zarur bölgan bemor Murot Tleumuratov uçun xayriya aksiyasi taşkil etilgan edi. Aksiya doirasida közlangan mablağ yiğilgani bois ayni paytda bu maqola qoida tariqasida saytdan olingan. Öşa xayriya davomida va boşqa yönalişlar orqali boğlangan saxovatli insonlar kömagida 100 mln sömdan ortiqroq mablağ yiğilgan edi.
Ammo bemorning umri qisqa ekan. Hindistonda ötkazilişi kerak bölgan operatsiyaga 40 yoşli Murot Tleumuratov yetib bora olmadi va yaqinda kasallik zörayişidan vafot etdi.
– Beş yoşli qizim hamon dadasi vafot etganini bilmaydi, nega şifoxonaga bormayapmiz, deb sörayveradi, – deydi Murotning ayoli Nursulu. – Erim sönggi daqiqalargaça umid bilan yaşadi. Kun.uz saytida xayriya e'lon qilganlaringizda va yurtdoşlarimiz mablağlarini ayamay yordam berganlarida juda xursand bölgan, ahvoli ham ança yaxşi bölib qolgandi. Lekin baribir umri qisqa ekan...
– Pandemiya sababli operatsiyaga bora olmadingizlarmi?
– Asosiy sabab şu. Özbekistonda zudlik bilan operatsiyaga borişi kerak bölgan bemorlar hozir ham juda köp. Bitta samolyot uyuştiramiz deb, köpçilik harakat qildi. Ammo iloji bölmadi. Qator taşkilotlarga murojaat qildik, xatlar yozdik. Hindistonning özida ham vaziyat yaxşi emasligi yana bir sabab böldi.

Turmuş örtoğim operatsiyasi uçun pul izlab yurgan paytlarimiz har hafta ikki-uç marta parvozlar bölar, ularda Hindistonga asosan bemorlar uçişardi. Men ularga havas qilib qolardim. Erimga jigarimning bir qismini berişim kerak edi. Keyinçalik pul yiğildi, ammo yetib boriş bizga nasib qilmadi.
– Yolğiz qolib qiynalmayapsizmi?
– Albatta, qizimga otasining örni bilinadi. U dadasini tobora köproq sörayapti, men nima deyişni bilmay ham qolayapman... Qaynim bor, akasining örnini bildirmaslik uçun qizimni har kuni aylantirib keladi. Yaqinda boquvçisini yöqotganlar uçun pensiya tayinlandi va ilk marta 686 ming söm oldim.
Xayriyaga tuşgan 100 mln sömni esa bemorlarga bölib berdim. Heç kimning boşiga bizdagi kabi ayriliq tuşmasin.

















