Özbekistonlik UFC jangçisi Ramazon Temirovning diskvalifikatsiyasi muddati rasman e’lon qilindi. Bu haqda Combat Spors Anti-Doping (CSAD) taşkiloti xabar bermoqda.
Temirovda taqiqlangan trimetazidin (TMZ) — preparati aniqlangan edi. Uşbu modda yurak yetişmovçiligi va boşqa yurak kasalliklarida qöllaniladigan, taqiqlangan UFC ADP röyxatidagi gormonal va metabolik modulyatorlar sinfiga kiradi. trimetazidindan har qanday vaqtda ham qöllanişi taqiqlangan.
Taqiqlangan modda mavjud bölgan namuna Temirovdan 2025 yil 12 iyun kuni Tailandning Pxuket şahridagi musobaqadan taşqari davrda, keyin esa 2025 yil 4 iyulda aynan Pxuketda qayta olingan. Temirov birinçi testi natijasi musbat çiqqani haqida xabardor qilinmagani sababli, ikkala holat ham yagona qoidabuzarlik sifatida köriladi.
CSAD bu mavzuda Temirov bilan atrofliça suhbatlaşgan va u trimetazidindan foydalaniş faktini oçiqçasiga tan olgan.
U bu moddani şifokor körsatmasi bilan qabul qilganini aytgan. Şu bilan birga, u qöllaşdan oldin preparatning holatini tekşirmagan va uni tayinlagan şifokorga testdan ötgan sportçi ekanini aytmagan.
Ma’lumot uçun, Ramazon Temirov hozirgaça UFC’da ikki bor jang ötkazib, har ikkisida ham ğalaba qozongan.

















