Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barselonadagi terakt qurbonlari haqida ilk ma'lumotlar
Barselonada mikroavtobusning odamlar ustiga bostirib kelishi natijasida kamida 13 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan. Politsiya mazkur voqeani terakt deb atamoqda. Europa Press shu haqida xabar berdi.
Voqea Rambla ko‘chasida sodir bo‘lgan. Ko‘chaning yo‘lovchilar o‘tishiga mo‘ljallangan joyidan yashil chiroqda o‘tayotgan odamlar ustiga mikroavtobus bostrib kelgan. Avtomobil yo‘lovchilar zonasidan taxminan 400 metrcha harakatlangan va kiosk bilan to‘qnashgan.
Voqea guvohlar orasida vahima uyg‘otgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tumandagi restoranlardan biriga qurollangan kishilar bostirib kirgan va u yerdan otishma ovozi kelgan. Bu ma'lumot hali rasman tasdiqlanmagan.
Hozirda yaqin oradagi metro stansiyalari va transportlar harakati to‘xtatilgan. Shifokorlar jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishmoqda. Politsiya jinoyatchilarni qo‘lga olish operatsiyasini boshlab yuborgan.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026