Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: Rossiyadagi fuqarolarimizni poyezdlarda olib kelish choralarini ko‘ryapmiz
O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarini poyezdlar orqali ham olib kelishni boshlashi kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 14 iyul kungi videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
«[8 iyuldagi videoselektordan keyin] Qozog‘iston, Rossiya chegarasida turgan juda ko‘p fuqarolarimizni olib keldik. Kelganlarni hamma karantin normalariga e'tibor qilib joylashtiryapmiz.
Rossiyadagi fuqarolarimiz bilan ham muloqotda bo‘lib, birinchi marta temir yo‘l bilan iloji boricha tezroq vatanimizga olib kelish choralarini ko‘ryapmiz», – dedi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston bilan chegara ma'lum vaqt qisman yopilgani uchun, chegaradagi «Jibek joli» – «G‘isht-Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik vatanga qaytish uchun to‘planib qolgan edi. 8 iyuldagi selektorda berilgan topshiriqqa muvofiq, ushbu fuqarolar tez orada vatanga qaytarildi.
Mavzuga oid
08:39
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026