Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Biror siyosiy shart qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaymiz” - energetika vaziri Rossiya bilan ehtimoliy gaz oldi-sotdisi haqida
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Kun.uz'ga bergan intervyusida Rossiya bilan ehtimoliy gaz oldi-sotdisi, unda qo‘yilishi mumkin bo‘lgan siyosiy shartlar hamda bu shartlarning xavflari haqidagi savolga ham javob berdi.
“Biz milliy manfaatlarimizni hech qachon xavf ostiga qo‘ymaymiz. Agarda siz aytayotgan choraga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsak ham, faqatgina tijoriy oldi-sotdi shartnomalari orqali amalga oshiramiz. Buning evaziga biror siyosiy shart qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaymiz.
Agar gazni chegaramizgacha olib kelib, bizga ma’qul narxda bersa, olamiz, bo‘lmasa yo‘q. Boshqa choralarni ko‘ramiz.
Bir narsani to‘g‘ri tushuninglar, bizda gaz tafovuti faqatgina sovuq qishki mavsumda bo‘ladi xolos. Qolgan paytlar to‘liq ta’minlaymiz. Shuning uchun qolgan choralarni ko‘ramiz, qo‘shimcha investitsiya kiritamiz, energiya tejamkorlikka olib boramiz, gazdan tashqari muqobil energiya – ko‘mirda ishlay oladigan tarmoqlarni maksimal ravishda ko‘mirga o‘tkazamiz, alternativ energetikani intensiv rivojlantiramiz. Shu kabi choralar ko‘riladi”, – dedi vazir.

Intervyuni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
22:15 / 10.10.2025
Qayta tiklanadigan energiya manbalari ko‘mirni ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik elektr energiyasi manbaiga aylandi
17:34 / 09.10.2025
Kam quvvatli AES qiymati 1 mlrd dollardan kam bo‘lishi aytildi
16:39 / 08.10.2025
Ko‘mir uchun kurash: Boysunda ko‘mir tarqatish punktida talato‘p yuzaga keldi
19:29 / 22.09.2025