Asli Floridadan bölgan, Londonda yaşovçi Eleonora ismli ayol dunyoning turli mamlakatlari böylab sayohat qiladi hamda öz saytida sayohat bilan boğliq ğoyalar, hikoyalar va suratlar bilan bölişadi. Navbatdagi maqolasida u Özbekistonga sayohat qilişga undovçi 20 surat bilan bölişib, ularga izoh bergan.

«Men bir yil davomida Özbekistonda yaşab, işladim. Aksariyat xorij fuqarolari kabi men ham ilgari bu mamlakat haqida köp ma'lumotga ega emas edim. Tez orada men Özbekiston ilgari yaşagan va sayohat qilgan barça yönalişlarimdan farqlanişiga amin böldim. Mamlakat böylab uyoqdan buyoqqa yugurib, unga mehr qöydim.
Özbekiston Buyuk Ipak yöli bilan boğliq qadimiy tarixga ega.
Madaniyat, savdo-sotiq, islom an'analari, matematika, ajoyib me'morçilik va sovet merosini özida jamlagan mamlakat. Özbekiston - köp kontrastlar mamlakati. Toşkentdagi sovet me'morçiligi, yaşil boğlar va keng köçalardan to moviy rangli madrasalaru sahrolargaça. Sayyoh sifatida bu yerda iliqlik va mehmondorçilikni his qilasiz.
Uşbu postimda Özbekistonda yaşagan davrimda u yerda olingan sevimli suratlarim bilan bölişaman.
Qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva şaharlaridan tortib, to Qoraqalpoğiston orqali yöq bölib borayotgan Orol dengizi hamda Zomin milliy parkigaça. Sayohat qiliş uçun tarixiy obidalar va noyob hududlar juda köp!
Quyida Özbekistonga sayohat qilişga çorlovçi 20 surat!» - deb yozadi u.



































