Prezident Şavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan ötkazgan oçiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida “Soliq majburiyatlarini bajarişda tadbirkorlik sub'yektlariga yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq:

  • 2022 yil 1 yanvardan boşlab kameral soliq tekşiruvi natijalari böyiça aniqlangan huquqbuzarliklar uçun moliyaviy sanksiyalar qöllanilmaydi;
  • tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uçun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.

2022 yil yanvar – iyul oylarida Xorazm viloyatida eksperiment ötkaziladi. Bu vaqt davomida Xorazm viloyati davlat soliq boşqarmasida hisobda turgan soliq tölovçilarning qöşilgan qiymat soliği, aksiz soliği, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği böyiça soliq hisobotlari soliq organlari tomonidan hisoblab çiqariladi va şakllantiriladi;

Bunda, soliq organlari:

— yuridik şaxslardan olinadigan yer soliğini – Kadastr agentligi organlari ma'lumotlari asosida;

qöşilgan qiymat soliği, aksiz soliği va aylanmadan olinadigan soliqni – elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa texnikasi ma'lumotlari hamda soliq organlarida mavjud boşqa ma'lumotlar asosida hisoblab çiqaradi va soliq hisobotini şakllantiradi;

— soliq organlari tomonidan şakllantirilgan soliq hisoboti soliq tölovçilar uçun belgilangan tegişli soliq hisobotini taqdim etiş muddatidan kamida 10 kun oldin soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali yuboriladi;

— soliq tölovçi soliq organlari tomonidan şakllantirilgan soliq hisobotini olgan kundan boşlab 5 kun içida uni tasdiqlaydi yoki, agar e'tirozlari mavjud bölsa, uni rad etgan holda, soliq hisobotini qayta işlaydi va örnatilgan tartibda soliq organlariga taqdim etadi.

Davlat soliq qömitasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagi vazifalar yuklandi:

— 2022 yil 1 yanvarga qadar soliq tölovçilarga qöşilgan qiymat soliği, aksiz soliği va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblaş uçun zarur bölgan soliq soliş obekti yoki soliq soliş bilan boğliq boşqa obektlarni elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettiriş imkoniyatlarini yaratiş;