Sotuv jarayonida KPMG Valuation and Consulting MÇJ xalqaro konsalting kompaniyasi Davaktiv agentligining xususiylaştiriş böyiça konsultanti vazifasini bajardi, aksiyalar paketini mustaqil baholaş xalqaro baholovçi kompaniya PricewaterhouseCoopers MÇJ tomonidan amalga oşirilgan.

Majburiyatga ega bölgan takliflarni belgilangan malaka mezonlariga muvofiqligi, mintaqadagi iş faoliyati, bitimni yopiş şartlari va mehmonxona baholangan qiymatidan yuqoriligi böyiça eng yaxşi xarid qiymatini taqdim etgan Abu Dhabi Uzbek Investment MÇJ QK xalqaro tender natijalari böyiça ğolib deb topildi.

Abu Dhabi Uzbek Investment MÇJ QK taklifi xalqaro konsultant tomonidan hisoblangan mehmonxona indikativ narxlar oraliği yuqori qismida joylaşgani hamda mehmonxona baholangan qiymatidan ança yuqori ekani aytiladi. Bitim talabgor tomonidan sotib oliş töloviga qöşimça ravişda mehmonxonani rivojlantiriş uçun 12 mln dollar miqdorida investitsiya kiritiş majburiyati bilan birga tölovni töliq bir yöla tölaş orqali amalga oşiriladi.

Abu Dhabi Uzbek Investment (BAA-Özbekison) 1 milliard dollarga teng kapitalga ega bölgan investitsiya kompaniyasi bölib, uning maqsadi Özbekiston va BAA örtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga hissa qöşadigan loyihalarga sarmoya kiritişdir. Kompaniya hozirgaça Özbekiston iqtisodiyoti turli tarmoqlariga 100 million dollardan ortiq sarmoya kiritgan. 

Beş yulduzli Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi 2016 yilda Toşkent markazida faoliyat boşlagan va Özbekistondagi xalqaro Hyatt brendi birinçi mehmonxonasiga aylangan. Umumiy yer maydoni - 3,1 gektar, bino va inşootlar qurilish osti maydoni - 60,1 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Mehmonxona 8 qavatdan iborat, mehmonlar uçun 300 ta xonalar, 248 ta standart va 52 ta lyuks/polulyuks xonalar mavjud.