Bu ta'lim maskani öqituvçilarini nafaqat ustoz deb, balki imkoniyati çeklangan şogirdlarini orzular sari intilib, ertangi yaxşi kunlarga işonişga, dunyoni tafakkur va tasavvur bilan anglaşga kömak beruvçi fidoyilar deb ataş mumkin.

Biz Asakadagi 16-sonli imkoniyati çeklangan közi ojiz bolalar uçun ixtisoslaşgan maktab-internatidamiz.

Mazkur ixtisoslaşgan maktabda 171 nafar imkoniyati çeklangan bolajonga 74 nafar öqituvçi va tarbiyaçilar ta'lim-tarbiya beriş bilan birga, hayot söqmoqlarida qoqilmay yaşaş sirlarini örgatadilar.

Biz ta'lim dargohidagi öziga xos tarbiya beriş uslublari va öquvçilarning hayoti bilan tanişdik.

“Ota-onalar bolalarining közlari nogiron bölib tuğilganliklaridan qattiq iztirobga tuşişadi. Ming öy bilan bizning maktabga olib kelişgaç, oradan köp vaqt ötmay farzandining bilim olişdagi kiçik muvaffaqiyatlari ularni quvontirib, bolasining kelajagi haqida öylay boşlaşadi.

Mening öquvçilarim judayam sezgir, iqtidorli va ğayratli. Bir öquvçi qizim uyida qöşni qiz bilan daraxtning qanday ekani haqida bahslaşib ketibdi. Ota-ona uni zimdan kuzatib turgan ekan. Öquvçim daraxtni şunday tasvirlab beribdiki, hatto yonidagi közi soğlom örtoği daraxtning bunday çiroyliligini aqliga ham siğdira olmagan ekan. Ota-ona mening oldimga kelib, bolasining şunday gaplar gapirganidan, daraxtni şunday tasvirlab berganidan xursand böldi va rahmat aytdi”, – deydi boşlanğiç sinf öqituvçisi Soliyaxon Rahimova.

Soliyaxonning sinfidagi dars jarayonida bölib, öqituvçi yordamida bolalarning turli predmetlarni söz orqali qanday tasvirlaganiga guvoh böldik. Bolalar darsda juda faol qatnaşişadi. Ularning bilimga çanqoqligidan hayratlaniş mumkin.