Kompyuter kundalik hayotga qançalik çuqur kirib bormasin, uning umumiy salomatlikka, xususan, köriş organlariga salbiy ta'siri haqida ham unutmaslik kerak.

Kompyuter köriş sindromi

Kompyuterdan uzoq va davomli foydalaniş natijasida «kompyuter köriş sindromi» yuzaga keladi. Faoliyati kompyuter bilan boğliq bölgan har kimda kuzatiladigan bu sindrom közlarda çarçoq, qizariş, qum qadalgandek hissiyot, quruqlik va sançiq, köriş qobiliyatining xiralaşuvi, qiçiş, boş va böyinda oğriq, iş kuni yakunidagi çarçoq kabi belgilar bilan namoyon böladi.

Kompyuterdan foydalanişda bazaviy qoidalarga rioya qilmaslik esa bu sindromning paydo böliş ehtimolini oşiradi.

Kompyuterdan foydalanişda diqqat qaratiş kerak bölgan qoidalar:

  • monitordan 50-60 sm uzoqlikda böliş;
  • har 45 daqiqada közga dam beriş va köz gimnastikasini bajariş;
  • monitorning yoruğlik, kontrast sozlamalarini töğri va qulay tarzda belgilaş;
  • bir xil holatda uzoq vaqt ötirmaslik;
  • monitorning köz bilan bir kesimda joylaşuvi (közdan balandda yoki pastda bölmasligi kerak);
  • displey va iş joyida çang töplanib qolmasligini nazorat qiliş;
  • közni yumib-oçmay uzoq tikilişni kamaytiriş;
  • iş xonasining öta qoronği bölmasligini ta'minlaş darkor.

Kompyuter közga qanday ta'sir qiladi?

Kompyuterdan foydalanişda köriş fokus masofasi juda kam özgartiriladi va köz kam oçib-yumiladi. Natijada köriş organlari muşaklari zöriqadi va köz soqqasi yetarliça namlanmaydi, bu esa közda yoqimsiz quruqlik va çarçoqqa sabab böladi.

Şuningdek, barça elektron uskunalar singari kompyuterdan ham elektromagnit tölqinlar tarqaladi. Kompyuter qançalik zamonaviy bölmasin, kök va binafşarang spektr nurlarining köpligi bois közda zöriqiş hosil qiladi.

Kompyuterdan közga yetadigan zararni minimallaştiriş maqsadida maxsus kompyuter közoynaklaridan foydalaniş tavsiya etilmoqda.