Videoni tasvirga olgan erkak narvonda tomga çiqarkan, şunday deydi: «Nevara yiğlayapti: buvijonim, pastga tuşing, deb. Buvijonisi tomda dars ötyapti. Internetimiz yöq bizning. [Lekin] öqituvçilar dars ötişi kerak...»
Tasvirdan öqituvçi ayol maktabda işlaşi, karantin paytida öquvçilar bilan internet orqali masofadan işlayotgani, internet muammosi sabab uyining tomidan joy hozirlab dars ötayotgani anglaşiladi.
«Internet yaxşi, lekin ertalabdan keçgaça tomda ötiriş ham bölmaydi-da. Bunaqa böladigan bölsa, kasal bölib qolaman», – deydi oftobdan soyabon tutib tomda işlayotgan ayol.
https://ok.ru/videoembed/1488802941631
Kun.uz Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmatidan olgan ma'lumotga köra, videodagi muallima ayol – Marğilon şahri yaqinidagi Navröz mahallasida yaşovçi musiqa öqituvçisidir.
«Hozirgi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi va tegişli taşkilot vakillari muammo nimadaligini aniqlaş va uni bartaraf etiş ustida iş olib bormoqdalar.
Şu örinda, fidoyi öqituvçiga har qanday şaroitda ham farzandlarimizga bilim berişga intilişini olqişlaymiz. Öqituvçimiz mamlakatimizda fidoyi öqituvçilar borligini körsatmoqda», – deyiladi XTV axborotida.
15 mart kuni Özbekistonda koronavirusga çalingan ilk bemor aniqlangaç, 16 martdan e'tiboran barça ta'lim muassasalari karantinga yopilgan, ta'tildan söng darslar masofadan – televizion va onlayn şaklda ötila boşlagan edi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston Speedtest Global indeksida mobil internet tezligi böyiça sönggi öntalikda (141ta mamlakat içida 133-örinda) qayd etilgan.
28 aprel kuni imzolangan prezident qarori bilan, 2020-2021 yillarda Özbekistondagi barça qişloq va mahallalar yuqori tezlikdagi internetga ulanişi belgilangan.


















