Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya bilan o‘yin vaqtida “Bunyodkor” stadioni atrofidagi yo‘llar yopiladi
Toshkent IIBB buni yo‘l ta’mirlash ishlari bilan izohladi. Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi U23 doirasidagi o‘yinga OFK qarori tufayli o‘zbekistonlik muxlislar kiritilmaydi. Stadion atrofiga muxlislar o‘yinni tomosha qilishi uchun yirik monitor o‘rnatilmoqda. Cho‘ponota ko‘chasining bir qismi vaqtincha avtoturargohga aylantiriladi.
Manba: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida, “Bunyodkor” stadioni atrofidagi ayrim ko‘chalar transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, quyidagi ko‘chalarda “yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan” 15 iyun kuni soat 17:00 dan soat 24:00 gacha transportlar yurishiga ruxsat berilmaydi:
- Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor va KHAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Bunyodkor shohko‘chasi - Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan, Shota Rustaveli - Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Xabarda yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan va aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.
Ta’kidlash lozim, bugun, 15 iyun soat 21:00da “Bunyodkor” stadionida Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasidagi O‘zbekiston – Yaponiya uchrashuvi boshlanadi. Bu o‘yinga o‘zbekistonlik muxlislar kiritilmaydi – chorak finalda Iroq milliy jamoasiga qarshi uchrashuvda mahalliy muxlislar stadionda tartibsizlik keltirib chiqarganiga javoban OFK shunday sanksiya qo‘llagan edi.
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, ayni paytda stadion yaqinidagi avtoturargohni fan-zonaga aylantirish, u yerga o‘yinni translatsiya qilish uchun yirik monitor o‘rnatish ishlari ketmoqda.
Mavzuga oid
17:24 / 13.12.2025
Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida harakat bir oyga cheklanadi
12:04 / 24.11.2025
Yangi O‘zbekiston bog‘i atrofida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
08:50 / 06.11.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanida Nihol ko‘chasi bo‘ylab harakat vaqtincha cheklanadi
13:50 / 08.10.2025