PFL hamda Championat.asia naşri hamkorligida ötayotgan oyning eng yaxşilarini aniqlaş sörovnomasi navbatdagi ğolib nomi aniqlandi.

Bungaça “Navbahor” darvozaboni Botirali Ergaşev may oyining eng yaxşi posboni sifatida tan olingan bölsa, Arslonmurod Omonovning “Lokomotiv” darvozasiga urgan goli eng çiroyliga aylangandi. Endi esa “Bunyodkor” klubi ustozi Mirjalol Qosimov oyning eng yaxşi murabbiyi uçun beriladigan esdalik sovrinni qabul qilib oladigan böldi.

Mirjalol Qosimov mart oyida ham eng yaxşi bölişga erişgandi. U bugun PFL sovrinini ikkinçi marta oladi. 

“Bunyodkor” ustozi may sörovnomasida jami 50 oçko töpladi va “Paxtakor”dagi hamkasbi Şota Arveladzeni 4 oçkoga ortda qoldirdi. Qiziq tomoni, tomonlarning mart oyida ötgan öyinida Qosimov Arveladzedan ustun kelgandi. May oyidagi takroriy öyinda esa “Paxtakor”ning qöli baland keldi. Biroq şunda ham gruziyalik mutaxassis kamroq ovoz töpladi. “Bunyodkor” Toşkent derbisida imkoniyatni boy bergani bilan, OKMK, “Söğdiyona”, “Nasaf” kabi klublardan ustun kela oldi. 

Eslatib ötamiz, aprel oyida “Buxoro” ustozi Uluğbek Baqoyev eng yaxşi murabbiy deb topilgan edi.