7 may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanib, ijobiy tomonga o‘zgarib borishi bilan, hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash ta'kidlangan edi.

Shu munosabat bilan, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, Respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda respublika hududlari joriy yilning 11 mayidan e'tiboran tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratildi.

Bunda: «sariq» va «qizil» toifadagi viloyatlarda koronavirus infeksiyasi umuman aniqlanmagan tumanlar (shaharlar) «yashil» toifaga kiritiladi;

«yashil» yoki «sariq» toifadagi viloyatning biror-bir tumanida (shahrida) koronavirus infeksiyasi aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirmagan holda tegishli tumanning (shaharning) o‘zi «qizil» toifaga o‘tkaziladi.

Toshkent shahrini «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratish epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining taklifi asosida mahallalar, dahalar, mavzelar kesimida amalga oshirilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Amudaryo tumani, Beruniy tumani, Qanliko‘l tumani, Qorao‘zak tumani, Kegeyli tumani, Mo‘ynoq tumani, Nukus tumani, Taxtako‘pir tumani, To‘rtko‘l tumani, Xo‘jayli tumani, Chimboy tumani, Shumanay tumani, Ellikqal'a tumani, Taxiatosh tumani, Bo‘zatov tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: yo‘q

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: Nukus shahri, Qo‘ng‘irot tumani

Andijon viloyati

«Yashil» toifadagi tuman va shaharlar: Xonobod shahri, Baliqchi tumani, Bo‘z tumani, Buloqboshi tumani, Izboskan tumani, Qo‘rg‘ontepa tumani, Marhamat tumani, Ulug‘nor tumani, Xo‘jaobod tumani

«Sariq» toifadagi tuman va shaharlar: Jalaquduq tumani, Shahrixon tumani

«Qizil» toifadagi tuman va shaharlar: Andijon shahri, Oltinko‘l tumani, Andijon tumani, Asaka tumani, Paxtaobod tumani