11:49 / 13.05.2024
17443

Denov tuman jinoyat sudi raisi yo‘l transport hodisasiga uchradi

Avtomobil rulida sud raisining advokat tanishi bo‘lgan va u og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan. Holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasi muhokama qilinib, jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi raisining vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudi raisi Kamoliddin Murodov yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, hodisa bir oy avval sodir bo‘lgan. YTH oqibatida Kamoliddin Murodov og‘ir tan jarohatlari olgan. Avtomobilni boshqargan advokat esa vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudi raisi Kamoliddin Murodov, chapdan ikkinchi

“Kun.uz” so‘roviga javoban Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov  mazkur voqelik  sodir bo‘lganini tasdiqladi. Unga ko‘ra, shu yilning 9 mart (dam olish kuni) kuni sodir bo‘lgan voqelik bo‘yicha   Kengash tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Xizmat tekshiruvi  natijalari Surxondaryo viloyat sudlari sudyalari malaka hay’atida muhokama qilinib, JIB Denov tuman sudi raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Mazkur qarorga nisbatan tuman sudi raisining kengashga kiritgan shikoyati belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. YTH kimning aybi bilan sodir etilgani, mashina boshqaruvida kim bo‘lganiga terov yo‘li bilan aniqlik kiritiladi.

Ma’lumot uchun, Kamoliddin Murodov 2021 yil aprel oyida 5 yil muddatga Denov tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sud raisi lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top