Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. 

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatiga köra, tuman Kengaşining sessiyasida taşkiliy masala körildi. Ölmasjon Yormuhammadoviç Mamadaminov boşqa işga ötayotganligi munosabati bilan Boyovut tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.

Ölmasjon Mamadaminov
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Uning örniga viloyat hokimi örinbosari Dilfuza Jumanovna Uralova Boyovut tumani hokimi etib tayinlaş töğrisidagi viloyat hokimining qarori bir ovozdan ma'qullandi.

Dilfuza Uralova
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Dilfuza Uralova 2012 yilda - «Şuhrat» medali bilan taqdirlangan. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengaşi deputati, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi hisoblanadi.

D.Uralova 1985-1990 yillar mobaynida - Guliston davlat universiteti talabasi, 1990-2001 yillar - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy örta ta'lim maktabi öqituvçisi, 2001-2010 yillar - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 10-umumiy örta ta'lim maktabi direktorining ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari, direktori bölgan.

2010-2015 yillar mobaynida - Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimida işlagan, 2015-2017 yillar mobaynida - Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati bölgan.

2017 yildan şu kunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimida işlab kelgan.

Dilfuza Uralova ayni vaqtda Özbekistondagi yagona ayol hokimdir.

  • Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2019 yil 27 dekabr kuni al-Xorazmiy maktabida yoşlar bilan bölgan uçraşuvda Toşkent şahri tumanlaridan biriga ayol hokim tayinlaşni taklif qilgandi. Prezident «qayerda ayol bölsa, öşa yerda korrupsiya kamroq, öşa yerda xalq bilan muloqot köproq» bölişini