Sun’iy intellekt xavfi - odamlarning işsiz qoliş ehtimoli qançalik yuqori?
|21:50 / 10.05.202340 3387 min
Sun’iy intellekt inson qilişi mumkin bölgan köp vazifalarni bajara olyapti va bu odamlarning iş örinlarini yöqotişlariga ham sabab bölişi mumkin. Masalan, taksilar, yuk maşinalari haydovçisiz ham boşqarilişi, kassalarda hisobçilar bölmasligi, jarrohlik operatsiyalarini ham odam emas, robotlar qila olişi mumkin. Natijada esa, albatta, kimdir işsiz qolişi ehtimoli bor.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Jahon iqtisodiy forumining kelajak iş örinlari haqidagi hisobotiga köra, keyingi beş yilda hozir mavjud iş örinlarining 23 foizi özgarişga uçraydi: 69 mln iş örni yaratilişi, 83 mln iş örni esa yöq bölib ketişi kutilyapti. Bu global miqyosda iş örinlarining 14 mlni, ya’ni 2 foizi yöq bölib ketişi mumkinligini anglatadi.
Qisqaradigan iş örinlari, kasblarning yöqolib ketişiga sun’iy intellekt, ilğor texnologiyalar xodimlar bajaradigan vazifalarni qila boşlagaç, inson mehnatiga hojat qolmasligi sabab böladi.
Masalan, sun’iy intellekt namunasi bölgan ChatGPT AQŞda 4,8 mln iş örnini egallaşi prognoz qilinyapti.
Yöqolib ketiş xavfidagi kasblar
ChatGPT va şunga öxşaş sun’iy intellekt işlanmalari sabab quyidagi kasblar töliq yoki qisman yöqolib ketiş xavfida:
texnik vakansiyalar (koderlar, dasturçilar, dasturiy ta’minot muhandislari, ma’lumotlar tahlilçilari);
ommaviy axborot vositalaridagi iş örinlari (boş direktor, muharrirlar, jurnalistlar);
yuridik sohadagi iş örinlari (parayurist, yurist yordamçisi);
marketologlar;
öqituvçilar;
moliyaviy iş örinlari (moliyaviy tahlilçilar, şaxsiy moliyaviy maslahatçilar);
treyderlar,
grafik dizaynerlar;
buxgalterlar,
qöllab-quvvatlaş xizmati xodimlari.
Eskisi yöqolib yangisi yaratiladi
Mavzuga oid
Lekin sun’iy intellekt yomon va qörqiş kerak bölgan narsa emas. Goldman Sachs xalqaro banki
, sun’iy intellekt sabab hozir mavjud bölgan 300 mln iş örni yöqolib ketişi yoki ma’lum qisqarişlarga uçraşi mumkin. Garçi iş örinlari qisqarsa-da, iş tizimlarida avtomatlaştiriş kuçayişi innovatsiyalarga sabab böladi. Kompaniyalar sun’iy intellekt sabab pullarini tejaydi va uni bizneslarini rivojlantirişga sarflaydi. Oqibatda, global miqyosda YaIM 7 foizga oşişi mumkin.
Sun’iy intellekt rivojlanib borişi xuddi oldingi davrdagi texnologiyalar va kompyuterlar taraqqiyoti bilan soliştirilmoqda. Dunyo oğir va katta kompyuterlardan zamonaviy texnologiyalarga ötdi. Xuddi, şuningdek, sun’iy intellekt ham dunyoni özgartiradigan sur’atlarda ösadi.
Buning ta’sirida qaysidir kasblar yöqolib yangilari paydo böladi. Işçilar esa doimiy ravişda öz ustilarida işlaşlariga töğri keladi. Masalan, hozir dunyodagi işçilarning 60 foizi 1940 yillarda mavjud bölmagan kasblarni egallaşgan. Lekin yana bir tadqiqot 1980 yildan beri texnologik özgarişlar yangi iş örni yaratişdan köra köproq eskilari yöqolib ketişiga sabab bölganini qayd etadi.
Agar sun’iy intellekt taraqqiyoti ham oldingi texnologiyalar rivojlanişi bilan bir xil oqimda keçsa, uning rivojlanişi yaqin kelajakda iş örinlari qisqarişiga sabab bölişi mumkin.
Resolution Foundation tahlil markazi boş ijroçi direktori Torsten Bellga köra, hozirça sun’iy intellektning uzoq muddatda iş örinlariga körsatadigan ta’siri noaniq. "Hamma prognozlarni "bir çimdim tuz kabi" qabul qilib qöyaveriş kerak".
Jabr köruvçi qatlam
Lekin yana bir xavotirli tomoni avtomatlaşgan texnologiyalar, sun’iy intellekt rivoji sabab yaxşi ta’lim körgan kadrlar işini yöqotmasliklari mumkin bölsa-da, oddiy işçilarga bu taraqqiyot yomon ta’sir qilişi mumkin.
Masalan, AQŞda oxirgi 40 yilda texnologiyalarning avtomatlaştirilişi jarayoni daromadlar tengsizligining asosiy sababi bölgan.
Sun’iy intellekt, robototexnika, ilğor texnologiyalar rivoji daromadlar tengsizligida katta jarlik paydo bölişiga sabab bölyapti. Örta ta’lim körganlar, qöl mehnatini bajaruvçilar va umuman ta’lim körmagan işçilar maoşi texnologiyalar sabab pasaygan bölsa, yuqori ta’lim olgan xodimlar daromadlarida ösiş kuzatilyapti.
Sababi odatiy qiliş mumkin bölgan işlarni turli raqamli boşqariladigan maşinalar, sanoat robotlari, dasturiy ta’minotlar eplay olyapti.
Yuk maşinalari va taksi haydovçilari, hisobçilar, zavod va fabrika işçilari örnini robotlar va texnologiyalar egallayapti. Haydovçisiz maşinalar, sotuvçisiz dökonlar, kiosklar kabilarning rivojlanişi kam maoşli iş örinlari yöq bölib borişiga sabab böladi. Şuningdek, sun’iy intellekt onlayn operator bölib sizning savollaringizga javob bera olişi mumkin. Yoki çatbot orqali ham savollarga onlayn javob oliş mumkin. Sun’iy intellekt saraton va boşqa kasalliklarga diagnoz qöyişda ham yordam beradi. Banklar ham turli öğriliklar sodir bölmasligi uçun murakkab dasturlardan foydalanişadi. Sun’iy intellekt haydovçisiz maşinalarni ham, iş ilovalarini ham, yangiliklar lentalarini ham egallab oladi.
Öz navbatida sun’iy intellekt juda köp kasblarga ta’sir qilişi yoki ularni özgartirişi, yangi kasblar paydo bölişiga sabab bölişi kutilyapti. Endi xodimlar öz işlariga sun’iy intellekt ta’sir körsatişiga ham tayyorlanişi kerak. Hozirça rivojlangan davlatlarda ham xodimlar bunga tayyor emas. Xitoyda 50 mlndan ortiq işçilar, AQŞda esa 11,5 mln xodim, Germaniya, Braziliya va Yaponiyada ham millionlab xodimlar sun’iy intellekt bilan işlaş uçun kerakli könikmalarini örganişi zarur.
Kelajak qanday böladi?
Şifoxonalar professional va malakali jarrohlar örniga inson közi ilğamaydigan mayda elementlargaça köra oladigan, saraton hujayralarini aniqroq ilğay oladigan robot jarrohlarni, robot şifokorlarni işlata boşlaşi mumkin.
Sun’iy intellekt özi dasturlar ham yozişi, bu esa boşlanğiç darajadagi kod yozadigan dasturçilarni işsiz qoldirişi mumkin.
Qolaversa, robotlaştirilgan oşxonalar, avtomatlaştirilgan kassalarning ommalaşişi ovqatlaniş joylaridagi oddiy xodimlarning iş örinlarini yöqotişlariga olib keladi. Kafe va restoran egalari odamlarga maoş tölaşga nisbatan avtomat tizimlarga kamroq xarajat qilişadi va köproq şuni ma’qul köra boşlaşlari mumkin. Yoki treyderlarning örniga ham ularning işini turli dasturlar bajarib qöyişi mumkin. Xullas, bu jarayon turli sohalarda turliça davom etişi mumkin.
Iş örnini yöqotmaslik uçun esa faqat yuqori malakali kadr böliş, ilğor texnologiyalar va sun’iy intellekt bilan işlaşni örganiş talab etiladi. Qolganini esa vaqt körsatadi.