Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda elektromobil zavodi quriladi - prezident
Andijon viloyatida ham elektromobillar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavodi quriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahri tamal toshi qo‘yilishiga oid tadbirda e'lon qildi.
«Xitoy tajribasini o‘rganamiz, Andijonda elektromobillar zavodini quramiz. Zamon shiddat bilan o‘zgaryapti, sanoat ilmga asoslanishi kerak», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ham elektromobillar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. «Shaffof omadli sanoat» MChJ tomonidan Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqarishni tashkil etish muddati 2022 yilning 1 oktabr kuni etib belgilangan, bu yerda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 3 ming dollar atrofida bo‘lishi va'da qilingan.
Mavzuga oid
17:54 / 18.05.2026
Cobalt sotuvi 30 foizga pasaydi, elektromobillarga talab oshgan. O‘zbekiston avtomobil bozori sharhi
13:12 / 18.05.2026
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
13:35 / 07.05.2026